Darvoza himoyachilari to'pni ishg'ol qiladimi? ("El Klasiko"ni ko'rish kerak)

Koronavirus pandemiyasi futbol olamidagi muvozanatlarni ham o'zgartirib yubordi.

So'nggi paytlarda sensaciyalar har kuni, har soatda sodir bo'lyapti. Top-ligalardagi turnir jadvali, grand klublarning sharmandali mag'lubiyatlari-yu autsayderlarning romantik o'yinlarini qo'ya turing. Keling, Madridning "Real"i haqida gaplashamiz. Biroz avval yakuniga etgan bahsda CHempionlar Ligasining 13 karra g'olibi "SHaxtyor" imtixonidan qoniqarsiz baho oldi, o'yinning birinchi taymi ukrainlarning mutlaq ustunligi ostida o'tdi. Eslatib o'tamiz, "qaymoqranglilar" 4 kun oldin "Kadis" degan jamoaga ham engilishgan edi. 

Umuman olganda, Krishtianu Ronaldu Turinga qo'yib yuborilgach, bunday mag'lubiyatlar "Real" uchun odatga aylanib qolgandek. 2 yil oldin CSKA ham Madridda "qirollik klubi" darvozasiga javobsiz 3 gol urgani yodingizda bo'lsa kerak. 

Tarkibining potenciali bo'yicha Evropada har kim bilan bahslasha oladigan Madrid grandining kutilmagan mag'lubiyatlariga nazar solsangiz, aynan o'sha o'yinlarda futbolchilarga xafsala etishmagandek tuyulaveradi. Solishtirib ko'ring: 4 yil oldin "Real" bir o'yinda ettitalab gollar urib tashlardi. Hozir madridliklar rus-ukrain klublaridan ham cho'chib maydonga tushadi. Buni turlicha izohlash mumkin.

1. Klub o'z siyosatini o'zgartirib, asosan, katta yulduzlardan qochish va iqtidorli yoshlarga etibor qaratishni boshlagani. So'nggi 5 yilda quyidagi futbolchilarni tarkibga jalb qildi: Kovachich, Valexo, Asensio, Sebalos, Teo Ernandes, Lunin, B. Dias, Vinisius, Odriosola, Kubo, Rodrigo, Reyner. Ammo ularning aksari tarkibdan joy topa olmadi yoki hamon o'sish jarayonini boshdan o'tkazyapti. 

2. Ronaldudan keyin jamoani o'z elkasida ko'tarishi uchun xarid qilingan superyulduz Garet Beyl futbol o'ynashni unutib qo'ydi.

3. Hujumda masuliyatni o'ziga olishi va Benzamaning elkasidagi yukni kamaytirishi uchun xarid qilingan yana bir superyulduz Eden Azar yo'qolib qoldi...

Sabablar ko'p. Bir narsa aniq, Zidanning bugungi "Real"i oldingisidan 2, 3, 5, 10, balki, 100 marta kuchsizlanib ketgan. Lekin, tan olish kerak, 5 yilda 4 bor CHempionlar Ligasini yutgan "qirollik klubi" qachondir pastga sho'ng'ishi aniq edi. Bu jamoa shunchalik yuqorilab ketgan ediki, inqirozi ham shunga yarasha bo'ldi. Bu shunchalik katta klubki, inqiroz davrida ham La Ligani yuta oladi. Qachondir bu inqiroz ham tugaydi, "Real" yana cho'qqiga chiqadi. Bunga ishonamiz. Ammo, ungacha 24 oktyabr kuniga belgilangan "Barselona" to'sig'i bor. Kataloniya tomonlardayam ahvol yaxshimas. Aytishlaricha, suvlar teskari oqayotgan ekan. Bu navatdagi "El Klasiko" oldingilaridan farq qilishini bildiradi: so'nggi yillarning eng kuchsiz "Barsa"si oxirgi yillarning eng kuchsiz "Real"iga qarshi o'ynaydi. 

Allaqachon o'zining sensaciyalariga o'rgatib qo'ygan evrofutbol "Al Mumtoz" uchun nimalarni vada qilyapti? Kutamiz, kuzatamiz. Professional klublarimizdan birining matbuot xizmati yozganidek, darvoza himoyachilari to'pni ishg'ol qilib qo'ymasa, bo'lgani. Qolgan barchasiga rozimiz:)

CA — nashridan Faxriddin Ro'ziyev maqolasi halamadrid.uz uchun maxsus.


1 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.