Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Real muammolar girdobida qolgan "Real Madrid"


La Liganing 8-turi doirasida "Alaves", 9-turda esa "Levante"dan qabul qilib olingan mag'lubiyat Xulen Lopetegining "kursi"sini qimirlatib qo'ydi.

Maydonga umuman boshqa jamoa chiqib kelayotgandek. O'tgan yili barcha rekordlarni buzib tashlagan, ko'plab gollar urgan Zidan boshchiligidagi "Real Madrid"dan asar ham yo'q. "Qaymoqranglilar" 10 taym, aniqrog'i 459 daqiqa gol ura olmadi. Undan tashqari, "Alaves"ga qarshi o'yin "Real Madrid" uchun tarixga kirdi. Jamoa 1931 yildan buyon Vitoriya-Gasteysdan mag'lubiyat bilan qaytmagandi. La Liga doirasida ketma-ket uch o'yinni golsiz yakunlash - "Qirollik klubi"da kam kuzatiladigan holat. Ha, faktlarga qaraydigan bo'lsak, bunday natijalar oldin ham bo'lgan. "Real Madrid" 1985, 1992 va 2003 yillarda ham shu tarzda La Ligada uch o'yinda gol kirita olmagan. "Levante"ga qarshi o'yinda raqib darvozasi ishg'ol etildi, ammo yakunda Madridliklar yutqazishdi va tarixiy antirekordi yangilanmay qoldi.

Barcha yodidan chiqarib bo'lgan yana qandaydir statistikalar ham bor. Xulen Lopetegi - "Real" ketma-ket 4 o'yinda gol ura olmagan davrda boshqargan uchinchi murabbiy. 1982 yilda bunday antirekordni sobiq yugoslaviyalik mutaxassis Vuyadin Boshkov qayd etgandi. U jamoada 1979 yilda ishlagan, "Real" bilan chempionat va kubokni qo'lga kiritgan, CHempionlar kubogi finaligacha borgandi. Biroq ketma-ket to'rtinchi o'yinda gol urilmaganidan 11 kun o'tib, istefoga chiqarilgan. 1985 yilda Amansioda ham shunday holat yuz berdi. Biroq u to'rtinchi "quruq" o'yindan keyinoq ishdan ketdi. Lopetegi "Real"dagi 13 o'yinining 5tasida yutqazdi. Bungacha bunday yomon holat 1994 yilda Visente del Boskeda ham bo'lgandi. Ammo hozirdanoq murabbiy 28 oktyabr kuniga belgilangan "Barselona"ga qarshi o'yingacha ishdan ketishi mumkinligi aytilmoqda. Agarda u qolsa ham, "El Klasiko" ispaniyalik mutaxassis uchun jamoadagi so'nggi o'yin bo'ladi. Xo'sh, nima uchun "Real" mavsumni juda yomon boshladi? Buning sabablariga nazar tashlaymiz

Real muammolar girdobida qolgan "Real Madrid"

"CHARCHAGAN" TRANSFERLAR SIYOSATI

"Real"ning sodiq muxlislari ham transferlar siyosatidagi ishlar natijalarga tasir qilmasligini takidlashadi. Ronaldu transferlar oynasining so'nggi kunida ketgani yo'q. U uzoq muddat "Real"da o'ynadi va jamoaga mislsiz shuhrat olib keldi. Uning transferi esa "Real" uchun o'lim bilan teng bo'lmasligi kerak edi. Endi navbatdagi savol: jamoa nima uchun uning o'rnini bosa oladigan futbolchi topa olmadi? "Real"ning yozgi transferlar oynasi vaqtida shartnoma imzolagan futbolchilariga ahamiyat bering: Andrey Lunin zaxirada, Tibo Kurtua ham hozircha yuqori potencialini namoyish qila olmayapti. Vinisius Junior - juda g'ayratli, biroq u Ronaldu bergan natijalarining yarmini ham bera olmaydi. Mariano Dias - u ham asosiy tarkibda o'ynamaydi va Benzemaning rotaciyasi uchun ishlatiladi. Odriosola ham kimdir charchaganida zaxiradan tushiriladigan o'ng qanot himoyachisi.

Real muammolar girdobida qolgan "Real Madrid"

Ularning biri Ronaldu kabi hozirdanoq 20 gol urishi kerakmidi? Albatta, ko'plab insonlar bu gapdan keyin barmog'ini Marko Asensioga tiramoqda. Biroq bu yerda ham barchasi oddiy emas. Zidan davrida ispaniyalik vinger ko'plab gollarini zaxiradan maydonga tushganidan keyin kiritardi. U o'shanda "Real"ning "jokeri" bo'lgan va zaxiradan tushganida ham maydonda asosiy rolni o'ynardi. Hozir-chi? Deyarli hech nima qila olmayotgan asosiy tarkib futbolchisi. Undan tashqari, uning jamoadoshlari Ronaldu kabi Markoga to'pni oshirib bera olishmayapti. Jamoa zaxira o'rindig'ini kuchaytirgandir. Ammo maydondagi katta bo'lgan muammolar ochiqligicha qolib ketdi.

MUHIM FUTBOLCHINING YO'QLIGI

Bu punkt yuqoriroqdagi muammoga o'xshash, ammo ko'plab muloxazalarni o'zida jamlaydi. Gap yana Krishtianuning ketganidan keyin uning vazifasini hech kim bajarmasligi haqida boradi. Qiziq voqeani eslang: Ronaldu mavsumning boshida anchagina tanqidga uchradi. "Real" ham ko'plab ochkolarni yo'qotdi, bosh bilan kam gollar urildi. Ronaldu shunday darajadaki, uni tanqid qilish kerak emas, biroq eshiting: Ronaldu yana o'z ishida davom etdi va juda ko'p gollar urdi. Ana endi uning ishini hech kim bajarmayapti. Paradoks? Yo'g'-e! "Barselona"dan Messini, "CHelsi"dan Azarni olib tashlang, jamoaning o'yini o'z holicha qoladi. Demak, bundan ko'rinadiki, "Real"ning o'yini bir inson atrofiga qurilgandi.

Real muammolar girdobida qolgan "Real Madrid"

JAROHATLAR EPIDEMIYASI

"Real"ning hozirgi natijalariga qaraydigan bo'lsak, jamoaning o'yin sifati, umuman barcha ko'ngilsizliklarda faqatgina muhim futbolchining yo'qligi sabab bo'lmasligini tushunamiz. CSKAga qarshi o'yinda Karvaxal jarohat oldi, "Alaves" bilan uchrashuvda Benzema va Beyl safdan chiqan edi.

Real muammolar girdobida qolgan "Real Madrid"

Isko, Beyl, Benzema va Marselo endigina lazaretdan chiqib kelgandi, biroq "Viktoria Plzen"ga qarshi bahsda Marselo yana jarohat oldi. Jahon chempionati Varan, Modrich va Kroosning jismoniy holatiga putur yetkazganga o'xshaydi. Balki murabbiylar shtabi jarohatlanganlar va jismoniy holati yaxshi bo'lmaganlar bilan ishlay olmayotgandir, balki bu boradagi processni o'zgartirib tashlash kerakdir. Nima bo'lgan taqdirda ham milliy terma jamoadan qaytgan futbolchilar klubga tezda kirishib keta olishmaydi. Ammo nima bo'lgan taqdirda ham bu qiziq emas. Professional futbolchi barchasining uddasidan chiqishi kerak. Endi aybdorni qidirgandan foyda yo'q, kelajakdagi o'yinlarga jiddiy nazar tashlash kerak.

TAKTIKTAGA MOSLASHUVCHANLIKNING CHEGARALANGANLIGI

Lopetegining "Real"dagi ilk o'yinlaridan keyin ko'pchilik uning jamoaga hech nima olib kelmaganligi borasida fikrlari bildirdi. Endi hujumkor futbolchilar raqib himoyachilariga noqulaylik tug'dirish uchun joyini tez-tez o'zgartirishmoqda. Yoki shunga o'xshash yangiliklar jamoa futbolchilariga mos tushmayapti yoki bunday samaradorlikdan keyin ular o'zlarini ko'rsatisi kelmayapti. "Real" shu holatida to'pni egallab turish borasida (64 foiz) "Barselona" va "Betis"dan keyin turibdi. Undan tashqari jamoa bir o'yinda zarba berish borasida ikkinchi o'rinda (o'rtacha bir o'yinda 16,4 zarba).

Real muammolar girdobida qolgan "Real Madrid"

Natijalar yomon emas, ammo o'sha 16,4 zarbadan faqatgina 5-6tasi darvoza tomon aniq bormoqda. Lopetegi jamoasi haqiqatdan ham to'pni o'zida ushlab tura olib, raqib jarima maydonchasi yaqinida bosim uyushtirmoqda, biroq raqibning qattiq qarshilik ko'rsatadigan himoya chizig'i oldida ojiz bo'lib turibdi. "Barselona" bir vaqtlar Gvardiola tashlab ketgan huddi shunday tiki-takadan voz kechdi. Ispaniya ham shu yo'l bilan mundialda omadsizlikka uchradi. Hattoki, Gvardiolaning "Siti"si ham muhim o'yinlarda o'z taktikasi bilan ham mag'lub etilmoqda. Endi futbol o'zgardi, ko'proq vertikal uzatmalarga va tezlikka aylanmoqda bu millionlar o'yini. "Real"ning yangi murabbiyi esa eskilik sarqitini jamoasiga singdirishga harakat qilmoqda. Lekin yangiliklar qolib ketmoqda.

KONCENTRACIYANING YO'QOLISHI

O'tgan 4 o'yinning ikkitasida "Real" so'nggi daqiqalarda koncentraciyani yo'qotgani uchun mag'lub bo'ldi. Jamoa muhim paytlarda o'zini yo'qotib qo'ymoqda. Eng yomoni bu holat har doim bir xil vaqtda ro'y beradi. Balki bu sabab mag'lubiyatning asosiy omilidir, yoki jamoaning hali ham biror bir aniq o'yin uslubi yo'q. "Alaves"ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqasi, soniyalarini eslang. Kurtua kabi top-darvozabon to'pga chiqishda xatolikka yo'l qo'ydi. To'pni darvozaga kiritishda Garsiyaga hech kim xalaqit qilmadi. Undan tashqari, CSKAga qarshi o'yinda "Real" bor-yo'g'i uch marta aniq zarba berganini tushuntirib bera olish mumkin? Yoki gol o'tkazib yuborilgan vaziyatda Toni Kroosning xatosiga qarang. "Toni Kroos" va "noto'g'ri pas" so'zi har doim ham yonma-yon ishlatilavermaydi.

Qo'shimcha qiladigan bo'lsak, "Roma" sharmadali hisobda taslim etgan, "Viktoria Plzen" klubini "Real Madrid" o'z maydonida qiyinchilik bilan 2:1 hisobida yutganini bayram qilish kerakmi yoki? Buni bilmadim, ammo umid qilamanki "El Klassiko" biz kutganday snari asosida kechadi.

Real muammolar girdobida qolgan "Real Madrid"

Lopetegini ishdan ketkazish kerakmi? Balki! Biroq xulosa qilishga shoshilmang. SHuni yodda tutish kerakki, istefo jamoa siyosatiga katta o'zgartirishlari kiritadi. Jahon chempionatiga bir kun qolganda Ispaniya termasi bosh murabbiyini yo'qotdi. Aniqrog'i, "Real" matbuot xizmatining biroz shoshma-shosharligi natijasida xafagarchiliklar bo'ldi. "Real" termadagi holatni biroz taxlil qilsin va mutaxassisga biroz vaqt bersin. Agarda u istefoga chiqadigan bo'lsa, "Real" ushbu FIFA kunlaridayoq shuni amalga oshirgan bo'lardi. Biroq jamoadagilar oldindagi "Barselona"ga qarshi bahsni kutishmoqda "Levante" va "Viktoriya Plzen"ga qarshi o'yindagi natijalar rahbariyatga xush kelmagani aniq.

O'zbek va rus saytlari asosida www.hala-madrid.uz uchun maxsus tayyorlandi.


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Xulen Lopetegi
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Real Madrid"ning o'tgan mavsumdagi to'purari bo'ldi. Shu boisdan Benzemani yangi mavsum startiga qadar, o'tgan mavsum qahramoni deb hisobladik!