Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

​"Oltin to'p"ni hech qachon yutmagan taniqli 7 futbolchi


2018 yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlab beradigan tadbir boshlanishiga bir necha soat qoldi.

Malumot uchun, Ronaldu, Grizmann va Modrich mazkur sovrin uchun nomzod sifatida ko'rsatilingan.

Bugun Parij shahrida o'tkaziladigan marosimda Ronaldu va Messining 10 yil davom etgan davri yakunlanishi yoki Krishtianu o'zining oltinchi "Oltin to'pi"ni qo'lga qiritishi ham mumkin. Bir narsa deyish qiyin. CHunki, uchala davogar ham o'ziga yarasha arzigulik natija qayd etishgan. Bugungi maqolada bular haqida emas, balki umrida biror marta ushbu sovrinni qo'lga kiritmagan mashhur futbolchilar haqida batafsil to'htalib o'tish rejalashtirilgan.

Demak, "Oltin to'p" tamini his etmagan taniqli 7 futbolchi bilan tanishib chiqamiz.

7. Serxio Ramos
​"Oltin to'p"ni hech qachon yutmagan taniqli 7 futbolchi

Ramos – haqiqiy sardor, medal va sovrinlarni o'ziga tortuvchi magnit. Umuman olganda, so'nggi daqiqa futbolchisi deya etirof etilishi noto'g'ri bo'lmasa kerak. Jamoasi qiyin vaziyatda qolganida masuliyatni o'z zimmasiga olgan va klubdoshlariga muhim chempionlikni taqdim etgan futbolchi yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lmasa ham, kuchli uchtalik nomzodlar ro'yhatiga kiritilishi kerak edi. ECHL 2014 va 2015 yil final bahslarida qanday karomat ko'rsatgani haqida o'zingiz yaxshi malumotga egasiz. Golni sezish qobiliyatiga ega himoyachi sport formasida bo'lganida undan o'tib ketish o'ta murakkab yumush hisoblanadi. Ispaniya milliy terma jamoasida Jahon va Evropa chempioni bo'lishiga qaramasdan Serxio Ramos “Oltin to'p” nomzodlar uchligiga ham kiritilmagan.

6. Rayan Giggz
​"Oltin to'p"ni hech qachon yutmagan taniqli 7 futbolchi

Yoshi katta futbol ixlosmandlari Rayan Giggzni yaxshi bilishadi. Faoliyatini bitta klubda yani mavqei va tarixi bilan maqtana oladigan "Manchester Yunayted" klubida o'tkazgan. 24 yil MYU safida harakat qilgan uelslik sobiq futbolchi, 2 marta ECHL g'olibi, 13 marta Angliya chempioni bo'lgan. Mankunianliklarning tirik afsonasi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritmaganligining asosiy sababi, uelslik bo'lganligidadir. CHunki, Giggz terma jamoa bilan yorqin natijalarga erishmagan.

5. Neymar
​"Oltin to'p"ni hech qachon yutmagan taniqli 7 futbolchi

Braziliyalik yulduz 26 yoshda. "Barselona" dan PSJga 222 million evro evaziga ko'chib o'tib, transfer narxi bo'yicha Jahon rekordini o'rnatgan Neymar ajoyib fintlari, samarali paslari va chiroyli gollari orqali muxlislar mehrini qozongan. 2017 yil 8 mart kuni ECHL nimchorak finalida PSJga qarshi uchrashuvni eslang. 85 daqiqada 3:1 bo'lib turgan payt. "Barsa" PSJdan o'tishi uchun yana uchta gol urib, o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishi kerak edi. O'sha lahzada Neymar o'z potencialini ko'rsatib bergan va Franciya klubini 6:1 hisobida mag'lub etib, jamoasini chorak finalga olib chiqqan edi. Braziliya safida 60 gol urgan va texnikasi yuqori bo'lgan hujumchi Ronaldu va Messi davri sabab "Oltin to'p"ni yutmagan. Biroq, boshqalarga nisbatan unda hali imkoniyat bor.

4. Filipp Lam
​"Oltin to'p"ni hech qachon yutmagan taniqli 7 futbolchi

Odatda "Oltin to'p" sovrini himoyachilarga topshirilmaydi. Uning sohibiga aylanish uchun futbolchida o'ziga hos bir jihat, xususiyat bo'lishi kerak. Filipp Lam ana shu noyob iqtidorga ega kam sonli himoyachilardan sanaladi. O'ng va chap qanot himoya chizig'ini to'ldirgan, kerak paytda tayanch yarim himoyachi sifatida jamoadoshlarini oldinga boshlagan Filipp 2014 yil Braziliyada Jahon kubogini sardor sifatida boshi uzra baland ko'taradi. Ha biz bilgan o'sha "nemis mashinasi"ning motori, aynan "Bavariya"ning 16 raqami ostida to'p tepib, ECHL va Bundesliga chempioni bo'lgan, 2006 yili Germaniyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida o'zining super zarbasi orqali musobaqaning dastlabki goli muallifiga aylangan futbolchi aynan Filipp Lam hisoblanadi. Agar 2006 yili yilning eng yaxshi futbolchisi nominaciyasida Fabio Kannavaro g'olib chiqqanini inobatga olsak, oradan 8 yil o'tib, Filipp Lam ham kamida podiumda ko'rinish berishi kerak edi.

3. Zlatan Ibragimovich
​"Oltin to'p"ni hech qachon yutmagan taniqli 7 futbolchi

Kung-fu va qaychi zarbalari orqali bir qator "shedevr" gollar muallifiga aylangan Zlatan - bu alohida bir mavzu. Ushbu futbolchi ham sport odami, ham shaxs sifatida o'zini ko'rsatgan va ajoyib iqtiboslari orqali hammani birdek lol qoldira olgan. Borgan joyini gullatib yuborgan Zlatan Gollandiya, Italiya, Ispaniya, Franciya, Angliya va AQSHda o'z nomini qoldirgan. SHveciyalik futbolchi ECHLda 48 gol muallifiga aylangan. Uning birgina xatosi (xato deb ham bo'lmaydi) Ronaldu va Messi davrida to'p tepgani bo'lishi mumkin.

2. Aren Robben
​"Oltin to'p"ni hech qachon yutmagan taniqli 7 futbolchi

Robben - ajoyib futbolchi. "Bavariya" va Gollandiya terma jamoasidagi fantastik o'yinlari orqali tanilgan vinger 2013 yili ECHL chempioni va Bundesliga g'olibligini qo'lga kiritgandi. Bundan tashqari, JCH-2010 va 2014 musobaqalarida ham yorqin o'yin ko'rsatib, "uchar gollandlar"ning sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishida munosib hissa qo'shadi. Individual mahorati evaziga Braziliyada bo'lib o'tgan Jahon kubogida mahsus mukofot bilan taqdirlangan. "Oltin to'p"ni qo'lga kiritmagan yana bir yulduzning faoliyati asta-sekin yakuniga etib bormoqda. 34 yoshli futbolchi hozirda yuqori saviyada to'p sura olmayapti. Ammo, yuqorida sanab o'tilgan vaqtlarda Aren Robbenni istalgan murabbiy o'z klubida ko'rishni xohlagani bor gap.

1. Andres Inesta
​"Oltin to'p"ni hech qachon yutmagan taniqli 7 futbolchi

nesta haqida ortiqcha tarif berishning keragi yo'q. Uning birgina JCH-2010 turnirida ko'rsatgan o'yini va finaldagi golini eslashning o'zi kifoya. Yana bir narsa, Messining top futbolchi sifatida etishib chiqishida Andres Inestaning xizmatlari beqiyos. Lekin, ispaniyalik yarim himoyachiga ham "Oltin to'p"ga ega chiqish nasib qilmagan.

"CA" nashridagi hamkasbimiz Nodir Abdurasulov www.hala-madrid.uz uchun maxsus.


Muallif: El Capitano
|
Teg: Oltin To'p
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (2)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Levante"ga qarshi bahsda 2 ta gol urdi va uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi. SHu sabab Benzemani hafta o'yinchisi deb topdik.