Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" - Telegramda...
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

Bugungi "Oltin to'p"ni topshirish marosimiga. "Real"dan kimlar kelishadi?


Bugun 3 dekabrdan 4 dekabrga o'tar kechasi France Football talqiniga ko'ra, Fransiya poytaxti Parijda dunyoning eng yaxshi futbolchisi aniqlanadi.

G'olib "Oltin to'p sovriniga ega bo'ladi. Tadbir soat 01:00da Parijda boshlanadi.

"Oltin to'p" sovrini rekordchilari argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Har ikkalasi ham 5 martadan nufuzli mukofotni qo'lga kiritishgan.

Xo'sh bugun "Oltin to'p" marosimiga "Real Madrid"dan kimlar kelishadi?

"AS" nashrining aniqlashicha, Madrid grandining bir qator vakillari, xususan, prezident Florentino Peres, jamoa sardori Serxio Ramos va yarimhimoyachi Luka Modrich tadbirda bevosita ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, "Qirollik klubi" elchilari – Raul va Roberto Karloslar ham marosim qatnashchisi bo'lishadi.

Ma'lumot uchun, mukofotga asosiy davogar sifatida Xorvatiya terma jamoasi va "Qirollik klubi" yarimhimoyachisi Luka Modrich ko'rilmoqda. Futbolchi shu yili FIFA talqini bo'yicha dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi

Eslatib o'tamiz, avvalroq norasmiy manbalar Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Antuan Grizmann kabi nomzodlar tantanali tadbirda ishtirok etmasligini malum qilishgandi.

Qo'shimcha, bu yilgi marosim avvalgilaridan farq qiladi. Sababi mazkur kecha yilning eng yaxshi ayol futbolchisi nomi ham e’lon qilinadi.

Siz yilning eng muhim voqeasini Futbol TV kanali orqali jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga egasiz. Bu haqda "UzReport" axborot agentligi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Marosim Toshkent vaqti bilan tunda, soat 01:00da boshlanadi.


Bugungi "Oltin to'p"ni topshirish marosimiga. "Real"dan kimlar kelishadi?

Manba: www.hala-madrid.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Oltin To'p, Fransiya, Parij, Real Madrid, Florentino Peres, Serxio Ramos, Luka Modrich
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Ueska"ga qarshi bahsda 1 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa 1ta golli uzatma berdi va uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.