Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" / Telegramda <<<
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

Mulohaza: Marseloga nima bo'lyapdi?


Hozirgi vaqtda butun jamoadagi singari Marseloda ham sustlik sezilmoqda, u bu mavsumda hali haqiqiy Marseloni ko'rsata olmayapdi. Balkim jarohat bunga sababdir?! La Liga 6 ta (o'tkazib yuborgan o'yin), Chempionlar Ligasi 2 ta, Qirollik Kubogi 2 ta. Bu mavsumda Marselo atigi 16 uchrashuvda maydonga tushdi.

Muhlislar fikriga ko'ra agar maydonda Marselo bo'lmasa himoya zaif dab o'yoashyapdi, rostan ham jamoada uning qanotida u bilan raqobat qila oladigan darajadagi futbolchi yo'q. "Vilyareal" bilan bo'lgan o'yinda Marselo bir necha bor qaltis vaziyatlarda to'pni olib qo'ya oldi.

Shunday bo'lsada u ham hato qilishi mumkin: Mavsumdagi ilk kubog UEFA SuperKubogi qo'ldan boy berildi, o'sha uchrashuvda "Atletiko" hujumchisi Diego Kosta aynan chap qanot hatosi tufayli gol urgan edi.

Ko'p o'tmay "Jirona" bilan bo'lgan uchrashuvda ham hatolar ko'zga ko'rindi, murabbiy Lopatege Marseloni Varan bilan almashtirdi. Bu holat Marseloni hayrotga soldi. O'yindan keyin uning jamoadoshlari Lopategedan nega bunday qilganini so'rashdi.

U "San Mames" va "Roman Sanches Pisxuan" stadionlarida o'zini ko'rsata olmadi. Navbatdagi yamon o'yin "Eybar" bilan bo'lib o'tdi.

Marselo o'z qanotida dunyoda eng kuchli ekanligini isbotlab bo'ldi, lekin hozir o'sha Marseloni ko'rmayapmiz. Yozda uni o'rniga boshqa futbolchi olib kelinishi ham mumkin.

Hala-Madrid.Uz uchun mahsus!


Muallif: Abdurasul

Teg: Real Madrid, Marselo
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Real Madrid"ning o'tgan mavsumdagi to'purari bo'ldi. Shu boisdan Benzemani yangi mavsum startiga qadar, o'tgan mavsum qahramoni deb hisobladik!