Yani, "Real" La Ligada hujum chizig'i eng kuchli jamoa bo'lsa, "Atletik" esa jadvalda birinchi to'rtlikda bo'lmasa ham aynan mudofaa chizig'ining kuchliligi evaziga ochkolar jamg'arib bormoqda. Bu o'yinda eng kuchli hujum bilan eng kuchli himoya to'qnash keladi. Tabiiyki, nisbatan kam gol ko'ramiz.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda gollar ko'p bo'lish ehtimoli juda kam. Tarixga nazar solinsa ham, oldingi o'yinlarda g'olib jamoa asosan 1ta to'p farqi bilan g'alaba qozongan. "Atletik"ning imkoniyatlarini to'g'ri baholash kerak. Imkoniyatlar "Real"ning hozirgi holati va o'z uyida o'ynayotgani evaziga ham 51%:49% ("Qirollik klubi" foydasiga). Lekin, katta ehtimol bilan bu o'yinda durang qayd etilishi mumkin.
Manba: www.halamadrid.uz
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.