Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

LaLiga. Bugun Ronaldo jamoasi "Real"ga qarshi o'ynaydi


LaLiganing 11-turidan o'rin olgan eng muhim uchrashuvlar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

"Real Madrid" vs Ronaldo

Ushbu turning etiborga loyiq bahsi "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi. "Qirollik klubi" afsonalaridan biri braziliyalik Ronaldo sotib olgan "Valyadolid" "qaymoqranglilar" mehmoniga aylanadi.

Folchiga borishning hojati yo'q - ushbu o'yinni taqdiri "Real" futbolchilari va yangi murabbiylar shtabi o'rtasidagi munosabatlarga bog'liq. "Barselona"ga qarshi bahsdan so'ng Serxio Ramos g'alati intervyu berdi. Unda himoyachi kimnidir majburan hurmat qilishning iloji yo'qligi haqida aytgan. Hurmatga loyiq bo'lish kerak, murabbiy uchun kiyinish xonasida hukmron bo'lish taktik ko'rsatmalardan muhimroq. Ramos bu so'zlarni Florentino Peres va Antonio Konte uchun aytgan bo'lishi mumkin.

Solarida futbolchilar bilan muammo bo'lmaydi. Ramos u bilan "Real"da o'ynamagan bo'lsada, Solari Zinedin Zidan, Luish Figu, Devid Bekxem kabi yulduzlar bilan to'p tepgan va kiyinish xonasida yigitlarga nima kerakligini yaxshi biladi. Santyago Visente Del Boskeni futbolchilar bilan yaxshi munosabat o'rnata olishi uchun juda hurmat qiladi.

Argentinalik va Zidan o'rtasidagi asosiy o'xshashlik ular birga "Real"da o'ynagani, murabbiylik tajribasi yo'qligida emas. Bu murabbiylar "Kastilya"da muvaffaqiyatga erisha olishmagan. Zidan yoshlar bilan deyarli hech narsa qila olmagan, Solari ham uzoqqa ketgani yo'q. O'tgan mavsum muxlislar xatto Solari ketishi uchun imzo to'plashga kirishishgan edi. Biroq Santyago Peresning sevimli insonlaridan biri. Ha, u argentinalik, Peresning "Real"ida o'ynagan boshqa argentinaliklar - Esekel Garay, Fernando Gago, Gonsalo Iguain - Peres Argentina futbolchilarini yoqtirmaydi deyishadi. Solari gap millatda emasligini isbotlamoqda.

"Real"ning raqibi oddiy jamoa emas. Braziliyalik Ronaldo sotib olgan "Valyadolid" avvalgi bahsning qo'shimcha daqiqalarida hisobni tenglashtirib, "Espanol" bilan durang qayd etdi. Bu natija jamoaning LaLigada ketma-ket mag'lubiyatsiz o'yinlari soni 6taga etishiga (4ta g'alaba, 2ta durang) imkon berdi. Serxio Gonsales qo'l ostidagi jamoa ishtirok etgan bahslarda juda kam gol uriladi. "Valyadolid" o'yinlarida muxlislar o'tacha har o'yin 1,6ta golga guvoh bo'lishadi. Turnir jadvaliga etibor beradigan bo'lsak, "Valyadolid" "Real"dan teparoqda joylashgan.

La Liga | # 1-tur.
03/11/2018, 20:15.
Real Madrid
vs

Validolid
"Real Madrid" "Real Vallidolid"
Stadion: Estadio Santiago Bernabeu
Bosh hakam: Jesus Gil


11-tur o'yinlari

LaLiga. Bugun Ronaldo jamoasi "Real"ga qarshi o'ynaydi


La Liga to'purarlari

LaLiga. Bugun Ronaldo jamoasi "Real"ga qarshi o'ynaydi

Manba: CA


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Real Vallidolid, La Liga
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Viktoria Plzen"ga qarshi bahsda 1-golga mualliflik qilgan Benzema eng yuqori (8.5) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi..