-

"Real" Kubo va Reyner uchun ijara variantlarini ko'rib chiqmoqda

"Real Madrid"da jamoaning yosh iqtidorlarni asosiy tarkibga jalb qilishda muammo yuzaga keldi.

Evropa Ittifoq fuqaroligiga ega bo'lmagan futbolchilarni asosiy jamoaga o'tkazish uchun kvota muammosi yuzaga kelishi mumkin. Shu boisdan klub rahbariyati Kuboning "Mallorka"dagi muvaffaqiyatli mavsumi va Reynerning kelajakdagi istiqbollarini uchun ularga birinchi jamoadan joy ajratish uchun imkoniyati yetarli emas.

"Real" Kubo va Reyner uchun ijara variantlarini ko'rib chiqmoqda

Evropa Ittifoq fuqaroligiga ega bo'lmagan futbolchilar sonining chegarasi uchtani tashkil qiladi, endi Madrid klubi asosiy tarkibida Militao, Vinisius va Rodrigo. Ulardan tashqari Kubo va Reyner ham mavjud, xo'sh endi nima bo'ladi?

Katta ehtimol bilan Militao, Vinisius va Rodrigo asosiy jamoa tarkibida olib qolinsa, Kubo va Reyner kelasi mavsumni boshqa klub safida ijara asosida boshlashadi. "Qirollik klubi"da ularning kelajagi uchun yetarlicha takliflar bor.

Madrid grandi shoshilmayapti, klub allaqachon protsedurani boshlagan, natijada Vinisius Evropa pasportini olishi mumkin, u ikki yil davomida Ispaniyada yashadi, bu yangi hujjatlarni olishni istagan Lotin Amerikasi fuqarolari uchun zarur shartdir. "Qirollik klubi" shu yil oxirida yoki kelgusi yilning boshida pasport masalasi hal qiladi deb ishongan, ammo koronavirus barcha byurokratik jarayonlarni sekinlashtirgani bor gap, Vinisius kelasi mavsum oxiriga qadar Evropa Ittifoqiga a'zo bo'lmagan futbolchiga ajratilgan joy bant qilib turadi.

Madridliklar Reyner va Kubo uchun ijara takliflarini ko'rib chiqish moqda. Klub futbolchilarni yaxshi tajribaga ega bo'lishlarini xohlaydi, shuning uchun "Real Sosedad" Kubo uchun eng yaxshi variant deb hisoblanadi. "AS" nashri xabariga ko'ra, Sosedad Yaponiyalikga qiziqish bildirmoqda, Madrid esa o'z navbatida yakunlangan mavsumda San-Sebastyanliklar safida Edegorning usishga erishganidan mamnun. "Kubo"ga qiziqish bildirgan yana bir klub - Betis, hozirda Madridning sobiq bosh murabbiyi Manuel Pellegrini boshqarib bormoqda va uning uslubi juda Kubo uchun yaxshi tanlov bo'lishi mumkin.



Reyner Bundesligaga kuchib o'tishi mumkin. "Goal" nashri xabariga ko'ra, unga "Borussiya" qiziqish bildirgan va "Bayer" allaqachon rasmiy ravishda Madridga murojaat qilgan. Braziliyalikga ayniqsa La Liga klublari orasida, "Valladolid"dan ham taklif bor. Ronaldo "Real" rahbari Florentino Peres bilan yaxshi munosabatdaligidan foydalanib, Madridning istiqbolli o'yinchilariga o'z jamoasidan doimo joy topib berishga tayyor. O'tgan yozda u Kuboni tarkibga jalb qilishga urinib ko'rdi, ammo oxirida Luninni qo'lga kiritdi va undan oldin De Frutos va Xavi Sanches ijaraga olgandi, ushbu yoz "Valladolid" ularni 3 million evro evaziga to'liq sotib oldi.

Madrid ikkala futbolchini ijaraga bermoqchi va ularni qabul qilgan klublar Kubo va Reynerning maoshlarini to'lashi kerak, shuningdek ijaraga olish uchun Madrid grandi g'aznasiga pul o'tkazishlari kerak. Masalan, "Real Sosedad" Edegor uchun 2 million evro to'lab qo'ygani kabi.

Manba: www.realmadrid.ru


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.