"Real"ning omadsiz transferlari haqida


"Real Madrid"ning so'nggi transfer kampaniyalari muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

Klub so'nggi 3 ta yozgi transfer mavsumida 395 mln evro sarf qildi, ammo faqat Tibo Kurtua va Ferlan Mendi jamoaning asosiy tarkibidan o'rin ola bildi.

"Real" 2019 yilning yozida Eden Azar, Luka Yovich, Eder Militao, Rodrigo Goes va Reynerni sotib oldi. 2018 yilda esa Vinisius Junior, Alvaro Odriosola, Mariano Dias hamda Braim Dias shartnoma imzolangan edi.

Etiyuor qilsangiz, ushbu futbolchilar "Real"ga o'tganidan keyin transfer narxlari ancha pasayganini payqaysiz. Misol uchun, Azar. "Real" uni xarid qilgan mahalda 120 mln evroga baholangan bo'lsa, hozir uning transfer qiymati 50 mln evroga teng.

Takidlash lozimki, Zinedin Zidan 2015/16 yilgi mavsumda ECHLda zafar quchgan jamoaning asosiy futbolchilaridan 6 nafariga hamon boshlang'ich tarkibda ishonch bildirishda davom etyapti: Serxio Ramos, Luka Modrich, Dani Karvaxal, Kazemiro, Karim Benzema va Toni Kroos.

Manba: www.championat.asia


4 1
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.