Ramos "Real"da qolishga tayyor


"Real" va Serxio Ramos o'rtasida shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar davom etmoqda. 

"AVS" xabariga ko'ra, futbolchi ushbu haftada bir necha marta klub vakillari bilan uchrashgan va klub prezidenti Florentino Peresga jamoada qolishga tayyorligini aytgan. Ammo hozirda tomonlar yakuniy qarorga kelmagan.

Yozilishicha, "Real" Ramosga 2 yillik shartnoma taklif qilgan va unda futbolchining maoshi 10 foizga pasaytirib ko'rsatilgan. Uning amaldagi kelishuvi ushbu yozda yakuniga etadi.

Ayni damda Ramos tizzasidan operaciya qilingani sababli tiklanish davrini o'tkazmoqda. 


Manba: www.championat.asia


1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Kommentlar 1

Zuhriddin Toirov от 14 февраля 2021 21:30
Ramos bizga kerak uni sotish xatolarini xatosi
Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.