Benzema "Atalanta"ga qarshi o'ynamaydi


"Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema CHL 1/8 final doirasidagi "Atalanta"ga qarshi ilk o'yinni o'tkazib yuboradi.

33 yoshli futbolchi mushak jarohati sabab safdan chiqqan. SHu sabab bilan Benzema jamoaning bugungi mashg'ulotlarini ham o'tkazib yubordi.

Karim joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assist qayd etdi.

"Atalanta" va "Real" o'rtasidagi ilk o'yin chorshanba kuni, yani 24 fevral kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Manba: www.championat.asia


0 1
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив