"Real" mavsumoldi tayyorlik doirasidagi ilk o'yinda g'alabaga erishdi

"Real" mavsumoldi tayyorgarlik doirasidagi ilk o'rtoqlik o'yinida "Fuenlabrada"ni mag'lub etdi.

Ispaniyaning ikkinchi divizionida ishtirok etadigan klub madridliklar tomonidan mag'lubiyatga uchratildi - 3:1.

G'oliblar tarkibida gollarni Viktor CHust, Martin Edegor va Mariano Dias urishdi.

Qayd etish kerakki, bu Karlo Anchelotti uchun "Real" bosh murabbiyligiga qaytganidan keyingi ilk o'yin bo'ldi.

Manba: www.halamadrid.uz


7 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.