"Real" tarixidagi eng qimmat beshta transfer. Mbappe eng qimmati bo'ladimi?

"Real Madrid" "PSJ"ga Kilian Mbappe borasida yo'llagan dastlabki 160 million yevro taklifga rad javobini oldi.

"Los Blancos"lar Kilianni ayni vaqtda Madridga olib kelishni qat'iy qaror qilishdi va agar shartnoma shartlari kelishib olinadigan bo'lsa, fransuz klub tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi.

Keling, hozirgacha "Real Madrid" amalga oshirgan eng qimmat beshta transferni ko'rib chiqaylik.

5. Xames Rodriges - 76 million evro 
Kolumbiyalik futbolchi 2014 yili Braziliyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida o'z terma jamoasi bilan porlaganidan so'ng, "Real Madrid" tarkibiga qo'shilgan edi.

4. Zinedin Zidan - 79 mln evro
"Real Madrid" fransuz futbolchisini 2001 yilda "Yuventus" dan sotib olgan. U o'sha mavsumda "Real Madrid"ni Chempionlar Ligasi chempionligini qo'lga kiritgan edi va keyinchalik murabbiy sifatida yana uchta sovrinni qo'lga kiritdi.

"Real" tarixidagi eng qimmat beshta transfer. Mbappe eng qimmati bo'ladimi?

 3. Krishtianu Ronaldu - 95 mln yevro
2009 yilda Peres "Real Madrid" boshqaruvidagi ikkinchi prezidentlik davrida yana transfer rekordini yangiladi, bu safar u "Manchester Yunayted"dan 95 million yevroga yaqin vaqtga qadar eng yaxshi qimmat transfer hamda dunyoning eng yaxshi futbolchisini sotib olgan edi.

2. Garet Beyl - 101 million evro
Peres har qanday holatda ham Beyl bilan shartnoma imzolashga harakat qildi va uni "Tottenxem"dan sotib olish uchun rekord darajadagi 101 million evroni taklif qilib, bu transferni amalga oshirishga muvaffaq bo'lishgan edi o'shanda.



1. Eden Azar - 116 mln evro
Xabarlarga ko'ra, Azar "Real Madrid"ga 116 million evroga tushgan, ammo u 2019 yilda "Chelsi"dan kelganidan buyon "Los Blankos" tarkibida o'zini ko'rsata olmagan.

Manba: www.marca.com


3 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.