Uchrashuvlarning birida (Modrichning xotiralariga ko'ra, bu "Deportivo"ga qarshi bahs bo'lgan), ochiqchasiga jahli chiqqan Mourino tanaffusda Modrichning o'yinini tanqid qilgan:
"Luka, bu nimasi? Sen ellik yoshli Zidan kabi o'ynayapsan!"
Xorvatiyalik yarim himoyachi Mourning koyishiga munosabat bildirdi:
"Men u nimani xohlayotganini tushundim. Texnik jihatdan yaxshi o'ynadim, lekin kerakli ritm hamda tezligim yaxshi emasdi. Mourino esa tajovuzkor, o'ta shiddatli o'yinni, to'p bilan va to'psiz muttasil yugurishni talab qilardi. Meni Zidan bilan taqqoslash, hatto, yoqimli edi. Albatta, bu gap o'rinli edi, chunki murabbiy ranjigandi".
Manba: CA

Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.