"Har bir o'yinda yutishni istaymiz, biz "Real"miz. Biz hammasini yutmoqchimiz, yana o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni qo'shimcha qilishim mumkin. Bu o'yinga qadar tayyorgarlik ko'rishimiz uchun vaqt bor. Kuchlilar g'alaba qozonadi.
Juda yaxshi raqibga qarshi qiyin o'yin bo'ladi. Hammasini kichik delallar hal qiladi. CHempionlar Ligasining barcha eng zo'r o'yinlarida kichik narsalar rol o'ynaydi. Mana nimaga biz bu turnirni yaxshi ko'ramiz", - deydi Varan.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" - "Real Madrid" o'rtasidagi javob o'yini juma kuni bo'lib o'tadi.
Manba: CA

Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.