Общие правила на сайте

Saytimiz qoidalari


Qisqacha tushuncha


Saytimizda ro'yhatdan o'tish har bir "Real Madrid" muhlisi uchun ochiq va tekin bo'lib, saytdan to'liq foydalanish uchun ro'yhatdan o'tish talab qilinadi.

Saytimizdan ro'yhatdan o'tgach, so'ng yangiliklarga o'z fikrlaringizni bildirishingiz va komentlarda do'stlar orttirishingiz mumkin! Eng muhimi sayt to'liq sizning qo'lingizda bo'ladi. 

Saytdan foydalanish davomida, foydalanuvchi Qoidalarda yozilgan barcha shartlarga rioya qilishga majbur. Agar ushbu shartnomaga rioya qilmasa O'zbekiston Respublikasi Qonunchiligi doirasida shaxsan o'zi barchasiga javobgar hisoblanadi. Qoidalar istalgan vaqtda o'zgarishi mumkin, Qoidalarning yangi matni saytda e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Umumiy tartib-qoidalari


Hala-Madrid.uz - saytining bosh maqsadi "Real Madrid" jamoasiga oid eng so'ngi yangiliklar, uchrashuvlardan sharhlar, o'yinlar natijalari, qiziqarli ma'lumotlar, statistikalar, maqolalar va boshqa turdagi ma'lumotlarni sizga birinchilardan yetkazish hisoblanadi.

Saytimizni a'zosi sifatida, ijodkorlarning mehnatini hurmat qilgan holda, sizdan quydagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so'raladi.

Fikr bildirish jarayonida qo'pol so'zlardan foydalanish ta'qiqlanadi! Saytning har bir foydalanuvchisi, qaysi futbol jamoasiga muhlislik qilishidan qattiy nazar, o'zaro do'stona munosabatda bo'lishi shart! Saytning boshqa foydalanuvchilariga va ularning fikrlariga hurmat bilan qarang.

Foydalanuvchilar bir-birlarining sha'niga to'g'ri kelmaydigan, shaxsiyat va nafsoniyatiga tegadigan so'zlar bilan kamsitilishi qat'iyan ta'qiqlanadi!

Ro'yxatdan o'tish vaqtida futbol jamoalarini yoki futbolchilarni kamsituvchi, xaqoratlovchi niklar qat'iyan ta'qiqlanadi! Shuning dek, sensuraga to'g'ri kelmaydigan so'zlar bilan ro'yhatdan o'tish mumkun emas!

Fikr bildirishda mavzuga aloqasi bo'lmagan va keraksiz va takroran yozilgan fikrlar yozish mumkin emas. Har bir fikringizni bir marta kiriting. Mavzuga aloqasi bo'lmagan fikrlar qoldirishdan yiroqlashing.

Agar siz xizmat faoliyatingizda yoki boshqa niyatda saytda berilgan ma'lumotlardan foydalanmoqchi bo'lsangiz, u holda manba sifatida sayt nomi (http://hala-madrid.uz) ko'rsatilishi shart!

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan qoidalarni buzgan foydalanuvchilar ma'muriyat a'zolari tamonidan ban(blok)lanishadi! Agar ma'muriyat a'zolari tamonidan jazolanib, blokidan ozod bo'lgandan keyin ham qoidalarni qayta-qayta buzgan foydalanuvchi saytdan foydalanish huquqidan butunlay mahrum bo'ladi.

Diqqat! Yangiliklarda bildirilgan fikirlar va xabarlari uchun, muallifning o'zi javobgardir! Sayt ma'muriyat a'zolarisi foydalanuvchining fikri uchun javobgar emas! Fikrlar o'chirilsa yoki tahrirlansa admin foydalanuvchiga tushintirish bermaydi!