-

L’Equipe. Bu safargi ramziy terma jamoada Ronaldu, Messiga joy topilmadi. Ramos va Benzemagachi?

Fransiyaning "L’Equipe" nashri 2020 yilning ikkinchi ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi. 

Ushbu ramziy terma jamoasi nashr o‘quvchilarining ovozlari asosida tuzildi.

Darvozabon: Manuel Noyer («Bavariya»).

Himoyachilar: Alfonso Devis («Bavariya»), Serxio Ramos («Real Madrid»), Virdjil van Deyk («Liverpul»), Trent Aleksander-Arnold («Liverpul»).

Yarimhimoyachilar: Tiago Alkantara («Bavariya» / «Liverpul»), Yozua Kimmix («Bavariya»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Neymar («PSJ»).

Hujumchilar: Karim Benzema («Real Madrid»),Robert Levandovski («Bavariya»).

Ushbu terma jamoada "Barselona" hujumchisi Messi va "Yuventus" forvardi Ronaldular joy olmadi.

Avvalroq esa "L’Equipe" jurnalistlar o‘rtasida tuzilgan ramziy terma jamoadan Leo Messi joy olmagandi.

Manba: www.std.uz


1 1

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.