"IFFHS": So‘nggi 10 yillikning eng yaxshi pleymeykeri ma’lum!


Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) "Barselona" ning argentinalik hujumchisi Lionel Messini so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi pleymeykeri deb topdi.

Reyting har bir yil oxirida, oldingi IFFHS reytinglari asosida tuziladi. Bu gal Leo Messi 174 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi pog‘onada "Barselona" ning sobiq yarim himoyachisi va ayni paytda "Vissel Kobe" futbolchisi Andres Inesta (127) . Kuchli uchlikka "Real Madrid" yarim himoyachisi Luka Modrich(113) yakun yasab berdi.

IFFHS ma’lumotlariga ko‘ra so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi 10 pleymeykerlari quyidagicha:

1. Lionel Messi («Barselona») - 174
2. Andres Inesta («Vissel Kobe») - 127
3. Luka Modrich («Real») - 113
4. Kevin de Bryuyne («Man Siti») - 103
5. Toni Kroos («Real Madrid») - 90
6. Eden Azar («Real Madrid»/«Chelsi») - 77
7. Neymar (PSJ) - 71
8. Mesut O‘zil («Arsenal») - 69
9. Andrea Pirlo (sobiq «Yuventus»/«Milan») - 63
10. Yaya Ture (sobiq «Man Siti») - 60ta

Manba: www.std.uz


7 1
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив