Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ispaniya chempionatida "Real Madrid" 7 mavsumdan beri so'nggi 38-turda yutqazmagan


Ertaga 21-may toshkent vaqti bilan 23:00 da "Qirollik klubi" Ispaniya chempionatining joriy mavsumdagi so'nggi uchrashuvida "Malaga" klubi mehmoni bo'ladi.

Mazkur uchrashuvda mag'lubiyatdan tashqari har qanday natija Madridliklarning Ispaniya chempionatida 33-marotaba g'olib bo'lishlarini ta'minlaydi.

Madridliklar avvalgi 7 mavsumning so'nggi 38-tur uchrashuvlarini mag'lubiyatsiz (6 g'alaba, bir durang) yakunlab kelmoqdalar.

Qiziqarlisi shundaki mazkur seriya 2010-yil may oyida musobaqaning so'nggi turida aynan "Malaga"ga qarshi safarda boshlangan va "La Rosaleda"dagi bahsda 1:1 hisobidagi durang bilan boshlangan bo'lsa, shundan so'ng ketma-ket 6 mavsumning barchasida "Real" primeroning so'nggi turini g'alaba bilan yakunlab kelmoqda.

So'nggi 7 mavsum "Real Madrid"ga primeroning finish uchrashuvida "Malaga"dan tashqari "Almeriya", "Malyorka", "Osasuna", "Espanyol", "Xetafe" hamda "Deportivo" klublari raqiblik qilgan. Madridliklar mazkur 7 finish bahslarda raqiblari darvozasiga 29 ta to'p kiritib, o'z darvozalaridan 9 ta to'p olib chiqqanlar.

Manba: www.vk.com


Muallif: El Capitano
|
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Selta"ga qarshi bahsda bitta gol urdi va yana bir golga uzatma berdi. Shu boisdan Benzemani hafta o'yinchisi deb topildi.