Bir mavsum davomida eng ko‘p gol kiritgan markaziy himoyachilar (top 10)


Assalomu alaykum, do‘stlar mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazgan markaziy himoyachilar bilan tanishtirib o‘tamiz.

10-5. Martin Xinteregger. "Ayntraxt", 2019/20 – 8 gol
Bir mavsum davomida eng ko‘p gol kiritgan markaziy himoyachilar (top 10)
Martin Avstryaning “Red Bull” jamoasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Mavsum boshida Bundesliganing “Aytraxt” jamoasi bilan shartnoma imzolagan himoyachi uchun mavsum omadli keladi. E’tiborlisi shundaki, uning gollari klubga musobaqa jadvaladi balandroq o‘rinni egallashga ko‘mak berdi.

10-5. Joleon Leskott. "Everton", 2007/08 – 8 gol

Uni futbol muxlislari asosan “Manchester Siti”dagi o‘yinlari bilan eslab qolgan bo‘lsada, Leskott o‘zining eng sermahsul mavsumini “Everton”da o‘tkazgan.

10-5. Rul Brauvers. "Borussiya" (M.), 2009/10 – 8 gol

Gollandiyalik himoyachi deyarli butun faoliyatini “Borussiya M” jamoasiga bag‘ishlagan desak, adashmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, 2009/10-yilgi mavsum unga juda omadli keldi, biroq klub o‘rtacha natija qayd etgani u kiritgan 8 ta golga hech kim e’tibor bermadi.

10-5. Salvatore Freze. "Bolonya", sezon 2001/02 – 8 golov

“Inter” uchun 100 ga yaqin o‘yin o‘tkazgan, Frezega “Bolonya” jamoasi omad olib keldi. Aynan shu klub tarkibida himoyachi bir mavsumda 8 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi va “Yuventus”ga ravona bo‘ldi.

10-5. Maurisio Domissi. "Napoli", 2007/08 – 8 gol

“Lasio” klubvi tarbiyalanuvchi bo‘lsada, uning futbolda omadi kelgan deb bo‘lmaydi. “Milan” safiga borib qo‘shilgan bo‘lsada, birorta o‘yinda maydonga tushmagan himoyachi “Napoli”da o‘rtacha mavsum o‘tkazdi. To‘g‘ri, u 8 ta gol kiritdi, biroq “Napoli” u davrlarda o‘rtamiyona jamoa edi. Bechora, himoyachi hali-hamon butsalarini mixga ilgani yo‘q. Bugungi kunda “Venesiya” sharafini himoya qilmoqda.

10-5. Daniel Van Byuyten. "Marsel", 2002/03 – 8 gol

Aslida barcha himoyachini “Bavariya” libosida ko‘rishga o‘rganib qolgan, biroq Danielning ilk xorijdagi klubi "Marsel” jamoasi bo‘lgan. Aynan shu klub safida qahramonimiz 2002/03-yilgi mavsumda o‘zining eng sermahsuligini namoyish etgan.

4. Esekyel Garay. "Rasing Santander", 2006/05 – 9 gol

Argentinadagi ajoyib mavsumdan so‘ng, gol kirituvchi markaziy himoyachi bilan “Real” qiziqib qoladi. Oqibatda, Garay Madridga ko‘chib keladi. Afsuski, himoyachi “qirollik klubi”da o‘z o‘rnini topa olmadi.

3. Marko Materassi. "Inter", 2006/07 – 10 gol

2006-yildagi JCHdan so‘ng, Marko Italiyada o‘zini juda yaxshi his eta boshladi. Gap shundaki, kelishilgan o‘yinlar sababli barcha grandlar katta talofat ko‘rgan edi. Bu vaziyatdan “Inter” unumli foydalanadi. Shu jumladan Marko ham!

2. Serxio Ramos. "Real" Madrid, 2019/20 – 11 gol

“Real”ning chempionligi bilan yakunlangan "La Liga" o‘yinlarida Ramos o‘zini har tomondan ko‘rsata oldi. Tan olish lozim, uning gollari jamoa g‘alabasi uchun juda katta yordam berdi. Shu sababli, Ramosni futbol tarixidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazgan markaziy himoyachi deb atashamiz mumkin. Shunday bo‘lsada, fakt baribir faktligicha qoladi.

1. Marko Materassi. "Perudja", -2000/01 – 12 gol

Darhaqiqat, Marko bugungi ro‘yxatimizda ikkinchi bor ko‘rinish bermoqda. E’iborlisi shundaki, u sermahsullik bobida Serhio Ramosdan bitta golga oldinda. Materassining bir paytlar “Perudja” sharafini himoya qilgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilib ketgan. Yangi asr boshida Marko markaziy himoyachilar orasida birinchi bo‘lib 12 ta gol kiritgan futbolchiga aylandi. Mana 20 yil o‘tdi, biroq hech kim uning rekordini yangilay olgani yo‘q.

Ushbu maqola "stadion" - nashri asosida www.hala-madrid.uz sayti uchun maxsus tayyorlandi.



1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.