Ronalduning gollariga eng ko‘p uzatma bergan futbolchilar aniq bo‘ldi (top-10)


"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatida yetti yuzdan ortiq gol urgan. Transfermarkt portali portugaliyalik futbolchiga eng assistentlikni amalga oshirgan futbolchilar reytingini e’lon qildi.

Manbaga ko‘ra, Ronalduga eng ko‘p golli uzatmani "Real" hujumchisi Karim Benzema amalga oshirgan. Fransiyalik futbolchi sobiq jamoadoshining 76ta goliga hammualliflik qilgan.

Bu borada ikkinchi o‘rinni Garet Beyl egalladi — 41ta pas. Mesut O‘zil esa 38ta assist bilan kuchli uchlikka kirdi.

Krishtianu bilan "Real"da ham birga o‘ynagan va hozir ham "Yuve"da birga to‘p tepayotgan Gonsalo Iguain 32 assist bilan beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ronalduga eng ko‘p golli uzatma bergan futbolchilar (top-10)
1. Karim Benzema — 76 golevix peredach
2. Garet Beyl — 41
3. Mesut O‘zil — 38
4. Marselo — 33
5. Gonsalo Iguain — 32
6. Anxel Di Mariya — 28
7. Ueyn Runi — 25
8. Isko — 24
9. Rayan Giggz — 23
10. Kaka — 21. 

Manba: www.std.uz



2 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.