Kuchli beshlik ligalardagi eng yaxshi driblingchilar. Azar kuchli o'nlikda bormi? (+ro‘yxat)


"Planet Football" portali Yevropaning top-5 chempionatlarining joriy mavsumida eng kuchli dribling ustalari reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni "Vulverxempton" yarim himoyachisi Adama Traore egalladi. Ushbu futbolchi bitta o‘yinda o‘rtacha 6,3 marta muvaffaqiyatli aldab o‘tishni amalga oshirgan.

Ikkinchi o‘rinni "PSJ" hujumchisi Neymar egallagan bo‘lsa (6,1), uchinchi pog‘onani "Nyukasl" a’zosi Allan Sen-Maksimen band etdi.

Bu borada jahondagi eng yaxshi futbolchi hisoblangan Lionel Messi yakunlangan mavsumda bitta o‘yinda 5,7 marta raqiblarini aldab o‘tib, 4-pog‘onani band etdi.

2019/2020 yilgi mavsumda jahonning eng yaxshi driblingchilari:
1. Adama Traore ("Vulverxempton") - 6,3 (o‘rtacha bitta o‘yinda);
2. Neymar (PSJ) - 6,1;
3. Allan Sen-Maksimen ("Nyukasl") - 5,8;
4. Lionel Messi ("Barselona") - 5,7;
5. Jeremi Boga ("Sassuolo") - 4,7;
6. Uilfrid Zaa ("Kristal Pelas") - 4,5;
7. Mussa Jenepo ("Sautgempton") - 4,3;
8. Yusef Attal ("Nissa") - 4,2;
9. Munir Shuyar ("Dijon") - 4,2;
10. Eden Azar ("Real Madrid") - 4,1.

Manba: www.stadion.uz


1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.