Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama: Sayt rivoji uchun

"Real" joriy mavsum Kataloniya klublarini 4ta o'yinda faqat bir marta mag'lub etdi


Madridning "Real" klubi LaLiganing 26-turida Kataloniyaning "Espanol" klubi mehmoni bo'ldi.

Jerar Moreno 90-daqiqada urgan gol mezbonlarga 3 ochko taqdim etdi. SHunday qilib, "Qirollik klubi" joriy mavsum Kataloniya klublariga ("Barselona", "Jirona", "Espanol") qarshi 4ta bahsning 3tasida mag'lub bo'ldi. Avvalroq "Jirona" "qaymoqranglilar"ni taslim etgan bo'lsa, birinchi davrada "Barselona" "Santyago Bernabeu"da g'alabaga erishgan edi. Zinedin Zidan shogirdlari "Espanol" bilan bo'lgan birinchi davra uchrashuvida 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

"Espanol" - "Real Madrid" 1:0
Gol:
Jerar Moreno 90.

"Real Madrid" - "Barselona" 0:3
Gollar:
Luis Suares 54, Lionel Messi 64 (pen.), Aleyks Vidal 90.

"Jirona" - "Real Madrid" 2:1
Gollar:
Kristian Stuani 54, Kristian Portu 58 - Isko 12.

"Real Madrid" - "Espanol" 2:0
Gollar:
Isko 30, 71.

Manba: www.championat.asia



» Teg: Real Madrid, Barselona, Espanol, Jirona, Kataloniya |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.
Hoziroq:
Ro`yxatdan o`tish
Tavsiya qilamiz
Hafta futbolchisi
Krishtianu Ronaldu,"Atletik"ga qarshi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida gol urdi va "Qirollik klubi"ni mag'lubiyatdan saqlab qoldi.