Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

Ronaldu va Messi o'zib keta olmagan 5 rekord haqida bilasizmi?


Dunyo futboli qirollari, 5 martadan "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan ikki futbolchi - Krishtianu Ronaldu va Leo Messi barcha rekordlarni ham yangilay olmagan.

Misol uchun...

5. LA LIGADA ENG KO'P O'YIN O'TKAZISH

"Barselona" sobiq darvozaboni Andoni Subisareta LaLiga tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi hisoblanadi. U Primeroning 629 uchrashuvida qatnashgan.
Ronaldu va Messi o'zib keta olmagan 5 rekord haqida bilasizmi?

Ayni damda Ronaldu va Messi LaLigada o'yin o'tkazish borasida kuchli-10likda ham emas. Argentinalik 419, portugaliyalik 294 uchrashuvda maydonga tushgan.

Subisaretaning natijasidan o'tib ketish uchun Messi salkam 6, Ronaldu esa 9 mavsum LaLigada o'ynashi kerak.

4. ENG TEZKOR GOL

Bu boradagi natijada ham "Barselona" futbolchisi etakchi.
Ronaldu va Messi o'zib keta olmagan 5 rekord haqida bilasizmi?

2014 yilda "Almeriya"ga qarshi uchrashuvda Seydu Keyta 7,6 soniyasida gol urgan va Xoseba Lorentening (7,8 soniya) rekordidan o'tib ketgan.

Kuchli beshlikda dastlabki 10 soniyada gol urgan futbolchilar boshqa yo'q. SHu boisdan uning rekordi yana bir necha mavsum davomida o'zgarmay turishi aniq.

3. KETMA-KET XET-TRIK QILISH

Messi va Ronaldu La Liga doirasida umumiy 63 marta xet-trikka erishishgan (Ronalduda 34, Messida 29). Biroq ikki futbolchi ham ichki chempionatda biror marta ketma ket xet-trik qila olishmagan.
Ronaldu va Messi o'zib keta olmagan 5 rekord haqida bilasizmi?

1935 yilgi mavsumda "Real Oviedo" futbolchisi Isidro Langara ketma-ket uch bora xet-trik qilishga erishgan.

Hozircha ushbu rekordni hech kim yangilay olmayapti, jumladan futbolning ayni damdagi ikki qiroli ham.

2. BIR O'YINDA 7 GOL URISH

"Barselona" afsonasi Laslo Kubala bir o'yinda 7 gol kiritgan. Bu natija 1952 yilda qayd etilgan.

"Atletik" futbolchisi 1931 yilda "Barselona"ga qarshi uchrashuvda ham shunday ishni bajara olgan.

2015 yilda "Granada"ga, keyinchalik "Espanol"ga qarshi bahsda Krishtianu Ronaldu 5tadan gol kiritishni uddalagan.

Messi esa bir o'yinda uzog'i bilan 4 gol kirita olgan. Hozircha ikki futbolchi ham bu rekordni yangilay olishmayapti.

1. ENG TEZKOR XET-TRIK

David Vilya 2005/06 yilgi mavsumda u 4 daqiqa 47 soniyada xet-trik qayd etgan, bu esa LaLigadagi rekord natijadir. U o'shanda "Valensiya" tarkibida bo'lgan va "Atletik" darvozasini ishg'ol etgan. O'shanda uning gollari 82, 84 va 87-daqiqalarga yozilgan.
Ronaldu va Messi o'zib keta olmagan 5 rekord haqida bilasizmi?

2015 yilda Ronaldu "Granada" jamoasi darvozasiga 8 daqiqada 3 to'p urgan.

2017 yilda "Atletiko" futbolchisi Kevin Gameyro rekorddan 4 soniya kechikib, "Sporting Xixon" darvozasiga 3 gol kiritgandi.

"CA" - nashri asosida tayyorlandi.


Muallif: El Capitano

Teg: Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Rekord
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Atletiko"ga qarshi bahsda eng yuqori (7.8) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.