Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

Futbol tarixidagi eng kuchli 10 hujumchi (+foto)


Futbolda bir ibora bor: "Eng yaxshi himoya - hujum"

Sir emaski, dunyoning har bir top-jamoalarida top-hujumchilar bor. Ular o'zlari bilan to'pni ushlab tura oladilar, muxlislar mehrini qozongan bo'ladi va asosiysi ko'plab gollar uradi. SHuningdek, o'tmishda ham kuchli hujumchilar bo'lgan.

Biz mana shunday hujumchilar haqida to'xtalamiz.

GERD MYULLER

Myuller gollar urishda daho bo'lgan. Germaniyalikda yuqori texnika bo'lmasa-da, raqib darvozasini ishg'ol etishdan to'xtamasdi.

Futbol tarixidagi eng kuchli 10 hujumchi (+foto)

Myullerning statistikasi odamni aqldan ozdiradi. U klubi va milliy termasi uchun jami 711 gol kiritgan. Bu natija esa Leo Messi tomonidan buzib o'tildi.

"Bavariya" afsonasi bir necha bora Bundesligada zafar quchgan. SHuningdek, milliy terma bilan JCH g'olibligini qo'lga kiritgan. U o'zining harakatlari orqali Germaniya futbolidagi eng kuchli hujumchilardan biriga aylangan.

FERENC PUSHKASH

CHaqmoqdek tezkor harakatlari, chap oyog'ida "pushka" kabi zarba beradigan Ferenc Pushkash futbol tarixidagi eng dahshatli hujumchilardan biri bo'lib qoldi.

Futbol tarixidagi eng kuchli 10 hujumchi (+foto)

U unchalik kuchli bo'lmagan Vengriya terma jamoasini 1954 yilgi JCHda finalgacha olib borishni uddaladi. Pushkash "Real"da Alfredo di Stefano bilan birgalikda o'ynadi. O'zlarining gollari va yorqin harakatlari evaziga jamoaning 5 bora mamlakat, 3 marta evrokuboklarda chempion bo'lishida o'zlarining katta hissasini qo'sha olishdi.

Afsonaviy vengriyalik "snayper" ketma ket 4 mavsum davomida LaLiga to'purarlari jadvalidan o'rin oldi. Fakt bo'yicha Pushkash klub miqyosida 620 uchrashuvda 616 gol kiritgan.

ALFREDO DI STEFANO

Futbol tarixidagi eng buyuk jamoalardan biri "Real"ning barcha vaqtlardagi eng yaxshi hujumchilaridan.

Futbol tarixidagi eng kuchli 10 hujumchi (+foto)

1953 yilda u avvaliga "Barselona" bilan muzokaralar olib bordi. Kataloniya klubi futbolchi bilan kelishuvga erishdi. Di Stefano "Barsa" tarkibida 3 o'rtoqlik uchrashuvda maydonga tushishga ham ulgurdi. Biroq uning sobiq jamoasi "Milonarios" prezidenti transfer uchun qo'shimcha mablag' so'rdi. Oqibatda transfer amalga oshmay qoldi.

"Real" esa o'sha prezident aytgan mablag'ni to'laydi va futbolchini sotib oldi. Madrid klubi esa bundan faqatgina foyda ko'rdi.

Di Stefano 1957 va 1959 yilgi "Oltin to'p" sohibi bo'ldi. Jamoa tarkibida 396 uchrashuvda 308 gol kiritdi.

YOXAN KROYFF

Futbol falsafasini o'zgartirgan insonlardan biri. "Total futbol"ni ochib berdi u. Kroyff o'z harakatlari bilan futbolning jozibasini ko'rsatdi.

Futbol tarixidagi eng kuchli 10 hujumchi (+foto)

U 1971, 1973, 1974 yillardagi "Oltin to'p" sohibi. Kroyffda barchasi mujassam edi: zargarona paslar, dribling va hujumni yakunlash... Barcha jamoadoshlari har doim unga ishonardi.

1973 yilning yozida "Barselona" "uchar daniyalik"ni o'sha davrdagi rekord 2 mln dollarga sotib oldi. Oqibatda jamoa kuchayib ketdi. "Real" 5:0 hisobida tor-mor keltirildi, 14 yillik tanaffusdan keyin LaLiga g'olibligi qo'lga kiritildi.

Butun faoliyati davomida 510 uchrashuvda 291 gol kiritdi.

GARRINCHA

Ikki karra JCH g'olibi, futbol tarixidagi eng mahoratli futbolchisi Braziliya termasidagi asosiy futbolchilardan biri Garrincha "Botafogo" jamoasida yaxshigina nom qozongan.

Futbol tarixidagi eng kuchli 10 hujumchi (+foto)

1953/65 yillarda "Botafogo" tarkibida o'zining harakatlari, gollari bilan ishqibozlar mehrini qozondi va futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri ekanligini isbotladi.

Garrincha butun faoliyati davomida 257 o'yinda 85 gol kiritdi.

RONALDO

U o'z vaqtida futbolning eng yaxshi straykeri bo'la oldi.

Futbol tarixidagi eng kuchli 10 hujumchi (+foto)

Ikki karra "Oltin to'p" egasi Ronaldoning o'z uslubi bor edi. Maydonda tinch turmasdi va driblingi bilan barchani xursand qilardi.

U "Barsa", "Real", "Inter" va "Milan" tarkibida harakat qildi va qanday salohiyatga ega ekanligini ko'rsata oldi. SHu orqali "Fenomen" laqabini orttirdi. 1998 va 2002 yillardagi JCHda Braziliya qahramoni bo'ldi. Futbolning uzoq yillik muxlislari Ronaldo qanday o'yinchi ekanligini biladi.

Braziliyalik hujumchi faoliyati davomida 384 uchrashuvda maydonga tushib, 280 gol urdi.

LEO MESSI

Hozirgi futbolni bu insonsiz tasavvur qilib bo'lmaydi.

Futbol tarixidagi eng kuchli 10 hujumchi (+foto)

Futbol tojini yana bir inson bilan bo'lishib turgan Messi kabi futbolchilar boshqa tug'ilmasa kerak. Leo 5 marta "Oltin to'p" sohibi bo'ldi. Ko'chada futbolga qiziqmaydigan inson ham Leo qanday qudratga ega ekanligini yaxshi biladi.

Messi kam yugursa-da, o'ziga ajratilgan vazifani to'liqligicha ado etmoqda. Gollar uradi, paslari aniq va chiroyli. SHu boisdan u futbol qiroli.

Aslida uning o'yinlariga baho berishni bir og'iz gap bilan uddalab bo'lmaydi. Messi shunchaki super.

KRISHTIANU RONALDU

Mana futbolning yana bir qiroli.

Futbol tarixidagi eng kuchli 10 hujumchi (+foto)

33ga kirgan portugaliyalik futbolchi hali ham yoshdek ko'rinmoqda. "Oltin to'p"ning 5 karra egasi ECHLni ketma ket uchinchi marta yutishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Ronalduning o'yinlarini ko'rgan bolakay uning muxlisi bo'lib qolishi hech gap emas. Haqiqatdan ham "CR7" o'z o'yinlari bilan ishqibozlarning ko'nglini olishni uddalaydi.

Endi Ronaldu ECHLda g'olib bo'lib, oltinchi marta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish uchun qattiq intiladi.

DIEGO MARADONA

Ronalduning muxlislari bundan hafa bo'lmang. Messi va Ronaldu ham Maradonaga o'yin bobida yeta olmaydi. Buni Messi ham tan olgan.

Futbol tarixidagi eng kuchli 10 hujumchi (+foto)

Maradonaning o'yinlarini ko'rgan inson futbolning yangi qirralarini tushunadi. U dribling ustasi edi. O'zining nozik harakatlari bilan raqiblarini bemalol aldab o'ta olardi. SHuningdek, o'z vaqtida gollar urishda ham unga etadigani kam bo'lgan. Maradona - futbolning tirik afsonasi. U futbol zarvaraqlarida o'z ismini zarxal harflar blan yozib qo'ygan.

Diego faoliyati davomida 492 uchrashuvda 258 gol kiritishni uddalagan.

PELE

Futbolning haqiqiy qiroli. Futbol toji unga tegishli va u buni berib qo'ymaydi.

Futbol tarixidagi eng kuchli 10 hujumchi (+foto)

Pele faoliyati davomida 560 uchrashuvda 541 gol kiritishga erishgan. Mana haqiqiy hujumchi qanday bo'lishi kerak. U vaziyatdan foydalanishni bilardi. Pelening o'yinlari esa hozirgi hujumchilar uchun qo'llanma bo'lib xizmat qilishi kerak.

Barcha hujumchilar ham gol uraveradigan darajada emas. SHu boisdan, Pelening o'yinlarini topib, tomosha qilib, o'zlari uchun etarlicha xulosa chiqarib olishadi.

"CA" nashridan Mirjalol Normatov tarjimasi www.hala-madrid.uz uchun maxsus.


Muallif: El Capitano

Teg: Gred Myuller, Ferenc Pushkash, Alfredo Di Stefano, Yoxan Kroyff, Garrincha, Ronaldo, Leo Messi, Krishtianu Ronaldu, Diego Maradona, Pele
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Isko Alarkon | "Atletik"ga qarshi bahsda Isko urgan gol "Real"ni mag'lubiyatdan qutqardi. Shu boisdan uni uchrashuv qahramoni deb topdik.