Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" - Telegramda...
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

"Real" joriy asrda ilk bor qatorasiga 4 ta o'yinda gol ura olmadi


Ispaniya chempionatining 8-turida Madridning "Real" klubi "Alaves"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

Ushbu o'yindan keyin madridliklarning golsiz o'yinlari seriyasi qatorasiga 4 ta o'yinga yetdi. Klub bu o'yinlarning 1 tasida durang o'ynagan bo'lsa, 3 tasida mag'lubiyatga uchradi.

Ushbu golsiz seriya qirollik klubi uchun XXI asrdagi birinchisi bo'ldi. "Real" bundan avval "Sevilya"ga 0:3, CSKAga 0:1 hisobida yutqazgan va "Atletiko" bilan 0:0 ko'rinishidagi durang natija qayd qilgan.

Malumot uchun, "Qaymoqranglilar" avval shunday salbiy natijani 1982 va 1985-yillardagina qayd etishgan.

"Real" mag'lubiyatga qaramay, hozircha musobaqa jadvalining 2-o'rinda qoldi. "Qirollik klubi" keyingi tur doirasida 20 oktabrda o'z maydonida "Levante"ni qabul qiladi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Statistika
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Rayo Valekano"ga qarshi bahsda uchrashuv taqdirini hal etgan yagona golni kiritgan Benzema eng yuqori (8.9) ball bilan uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.