Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

"Real"ning evrokuboklardagi eng yaxshi to'purarlari uchligida o'zgarish


[b]"Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema "Viktoriya Plzen" bilan kechgan o'yinda (5:0) dubl qayd etib, "Qaymoqranglilar" libosida urgan gollari sonini 201 taga yetkazib qo'ydi.

Shu tariqa, fransiyalik futbolchi ikki yuzlik marrani bosib o'tgan "Real Madrid"ning yettinchi futbolchisi bo'ldi. Klub to'purarlari ro'yxatini Krishtianu Ronaldu 450 ta gol bilan boshqarib bormoqda. Undan keyingi o'rinlarda Raul Gonsales (323), Alfredo Di Stefano (308), Karlos Santilyana (290), Ferents Pushkash (242) va Ugo Sanches (208) joy olgan.

"Real"ning evrokuboklardagi eng yaxshi to'purarlari uchligida o'zgarish

Qayd etish joiz, Benzema kechagi dubli bilan evrokuboklarda urilgan gollar soni bo'yicha ro'yxatning 4-o'rniga ko'tarilib oldi. U 48-marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol etib, Santilyanadan bitta golga o'zib ketdi; yana ikkita gol ursa, bu borada Alfredo Di Stefanoni (49 ta golga ega) ham ortda qoldirib, yuqori uchlikdan joy oladi.

Eslatib o'tamiz, Karim "Qirollik klubi"ga 2009 yili "Lion" safidan kelib qo'shilgan edi. U jamoa bilan 16 ta sovringa ega chiqqan, ular orasida EChLning 3 ta kubogi va Ispaniya chempionatining 2 ta bosh sovrini ham bor.

[b]Manba:[/b] www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Karim Benzema
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Viktoria Plzen"ga qarshi bahsda 1-golga mualliflik qilgan Benzema eng yuqori (8.5) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi..