Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" / Telegramda <<<
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

“Real” so'nggi 25 yil ichidagi eng yomon natijasini qayd etmoqda


“Qirollik klubi” kecha La Liganing 18-turida “Real Sosedad”ga mag'lub bo'ldi (0:2).

Madridliklar hisobida 18 turdan so'ng 30 ochko mavjud. Bu jamoaning XXI asrdagi eng yomon natijasining takrorlanishidir. “Real” 2005/06 yilgi mavsumda ham 18 ta turda 30 ochko jamg'argandi. O'shada to'plar nisbati +10 bo'lgan bo'lsa, joriy mavsum atigi +3 ni tashkil qilmoqda.

“Qirollik klubi” joriy mavsum 18 ta turda 26 ta gol urdi, xolos. Bu esa klubning so'nggi 25 yil ichidagi eng yomon (La Ligada) natijasidir. Bunday holat so'nggi bor 1993/94 yilgi mavsumda kuzatilgandi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, La Liga
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Real Madrid"ning o'tgan mavsumdagi to'purari bo'ldi. Shu boisdan Benzemani yangi mavsum startiga qadar, o'tgan mavsum qahramoni deb hisobladik!