Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" - Telegramda...
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

“Real” 14 yil ichida ilk bor bir mavsumda 3 nafar murabbiy almashtirdi


“Real” joriy mavsumda 3 marta murabbiylarni almashtirdi.

2018 yil yozida “Real”ga Xulen Lopetegi olib kelindi. 2018 yil noyabrida esa Lopetegi o'rniga Santyago Solari bosh murabbiy bo'ldi. 2019 yil martida esa Zinedin Zidan Solari o'rniga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Jamoada bunday holat 2004/05 yilgi mavsumdan beri ilk bor ro'y berdi. O'shanda jamoani Xose Antonio Kamacho, Mariano Garsiya Ramon va Vanderley Lushemburgular ketma-ketlikda boshqargan edi.

1990/91 yilgi mavsumda esa klub o'z rekordini o'rnatgandi. O'shanda jamoada bir mavsumning o'zida 4 nafar murabbiy — Jon Toshak, Alfredo Di Stefano, Ramon Grosso va Radomir Antich ishlagandi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid, Zinedin Zidan, Santyago Solari
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Garet Beyl | "Kashima"ga qarshi bahsda uch bor raqib darvozasini ishg'ol qildi va uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.