-

"Real" hujumchisi faoliyatini A Seriya davom ettirishga yaqin

Ijara asosida "Levante" sharafini himoya qilayotgan "Real Madrid" hujumchisi Borxa Mayoral faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Ispaniyalik forvadga "Latsio" klubi tomonidan jiddiy qiziqish bo'lmoqda, buning asosiy sababi Borxa "Levante" safida ajoyib mavsumni o'tkazdi, U (36 o'yinda, 9ta gol) kiritdi, bu esa o'z o'rnida qator Ispaniya va Evropa klublarida qiziqish uyg'otdi. 
Italiyaliklarda futbolchi uchun kurashda katta ustunlik bor, bu Chempionlar Ligasida ishtirok etishlaridir.  Bu hujumchini o'zlariga jalb etishda yetakchilik qilish imkoniyatini beradi. "Latsio"da A Seriya tiklanganidan keyin chempionlik uchun kurashda yetarlicha imkoniyatlar bor edi, biroq yakunda, chempionlik orzusidan ayrilishga majbur bo'lishdi. Ammo ular uchun mavsum ajoyibligicha qolaveradi. Rimliklar 13 mavsumdan keyin birinchi marta Chempionlar Ligasida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.

"Latsio" Sport direktori Igli Tare "Sky Sport" nashriga bergan intervyusida Mayoralni maqtadi: "Borxa Mayoral muhim karyeraga ega bo'lgan o'yinchi. Ammo aytishim mumkinki, biz hujumchi qidirmoqdamiz".

"Latsio" Mayoralga e'tibor qaratishining yana bir sababi, uning yoshligi (23 yosh) tufayli unga uzoq muddatli shartnoma taklif qilishdir, bu narsa hujumchining rejalariga mos keladi. Shuning uchun u Italiyadan unga barqarorlikni taklif qiladigan yaxshigina chorlov bo'lishi mumkin.


O'z navbatida, "Qirollik klubi" bu yozda Mayoralga sotishi kerakligini yaxshi biladi, chunki futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2021 yilga qadar tuzilgan. Ammo Madridliklar hujumchini qayta sotib olish huquqi bilan qo'yib yuborishi mumkin, bu esa Italiyaliklarga, yoqmasligi aniq. huddi Achraf va "Inter" bilan bo'lganidek, birinchi Milanlikar rozi bo'lishmagandi, ammo yakunda "Qaymoqranglilar" ushbu huquqini saqlab qoldi. Mayoral uchun "Real Madrid" taxminan 15 yoki 20 million talab qilishadi.

Forvardga "Latsio"dan tashqari, "Vilyarreal" va "Valensiya" klublaridan ham jiddiy qiziqish bo'lgandi. "Valensiya" Yevropa ligasida qatnashish huquqini qo'lga kirita olmagindan so'ng kurashdan chiqgan bo'lsa, "Vilyarreal" hamon hujuchidan umidvor.

Manba: www.as.com



0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.