Kutilgan xabar. "Real" Mbappe bo'yicha taklifni oshiradi

"Real" hali ham PSJ hujumchisi Kilian Mbappening xaridiga qiziqmoqda.

Kecha Parij klubi sport direktori Leonardo Franciya terma jamoasi o'yinchisining jamoadan ketmoqchi ekanligini xabar qildi.

"Real" PSJning ilk taklifiga tezkor rad javobiga qaramasdan, Mbappega qiziqishni yo'qotmagan. Parijliklar o'yinchini 160 mln evroga qo'yib yuborishga ko'nishmadi.

Madrid klubi 22 yoshli francuz bo'yicha taklifni ko'taradi. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Mbappe PSJga 2017 yilda "Monako"dan ijara asosida o'tgan, so'ngra klub uni 145 million evroga xarid qilgan edi. Futbolchi shu paytgacha parijliklar safida 174ta o'yinda maydonga tushib, 133ta gol va 63ta assist qayd etdi.


Manba: www.tribuna.com


1 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.