"Real" Mbappe uchun PSJga 180 mln evro to'laydimi?

"Real" ushbu yozda nima qilib bo'lsa-da, PSJ forvardi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolashga harakat qilmoqda.

Madrid klubi futbolchini sotib olish uchun kafolatlangan 170 million evrodan tashqari, bonuslar sifatida 10 million evrolik taklif jo'natgan. Qayd etilishicha, ushbu taklif so'nggisi bo'ladi. Agarda PSJ taklifni rad etadigan bo'lsa, "Real" bu borada so'rov jo'natmaydi. Mbappe kelasi yili yozda erkin agentga aylanadi va shunda u klub uchun tekinga tushishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Real"ning dastlabki taklifi 160 million evroga teng edi. PSJ esa futbolchisini 200 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.

Manba: CA


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.