“Real” futbolchisi “Milan”ga o‘tdi

 Madridning “Real” klubi futbolchisi Braim Dias faoliyatini “Milan”da davom ettirishi aniq bo‘ldi.

Bu haqida taniqli jurnalist Nikola Skiri ma’lum qilmoqda. Unga ko‘ra, “rossonerilar” Diasni sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga olmoqda. “Milan” Diasni o‘z jamoasida qolishini istasa, mavsum so‘nggida 20 million yevro sarf etishiga to‘g‘ri keladi. “Real” o‘z futbolchisini qayta sotib olish sharti bilangina sotishga rozi bo‘ldi.

Ayni damda, shartnomaning shu bandi borasida muzokaralar olib borilmoqda.

Manba: www.std.uz


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.