MYU Regilonning transferi bo'yicha taklif tayyorladi


 "Real" himoyachisi Serxio Regilon ushbu transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

As'ning xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" 23 yoshli o'yinchining transferi bo'yicha taklif tayyorlagan.

Ispaniyalik futbolchiga shuningdek "Yuventus" va "Tottenxem" klublari qiziqmoqda. "Real" o'yinchini 25-30 mln evroga sotishga tayyor, ammo bitimda uni qayta xarid qilish to'g'risidagi band bo'ladi.

Oldinroq. "Napoli"ning Regilon uchun 15 mln evro taklif qilgani malum bo'lgandi. Futbolchi o'tgan mavsumni "Sevilya"da o'tkazdi va Evropa Ligasida g'olib chiqdi.

Manba: CA


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.