“Real” hujumchisi “Milan”da to'p tepadi

 “Real” klubi hujumchisi Braim Dias ijara asosida “Milan”da to'p tepadi, deya xabar bermoqda Italiya klubi rasmiy sayti.

21 yoshli ispaniyalik futbolchining ijara kelishuvi 2021 yilning 30 iyuniga qadar amalda bo'ladi. Dias “Milan”da 21-raqam ostida to'p tepadi.

Braim Dias katta futboldagi faoliyatini “Manchester Siti”da boshlagan. Uch mavsum davomida u “shaharliklar” safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urishga erishgan. 2019 yilda futbolchi “Real” bilan shartnoma tuzdiyu 2019/2020 yilgi mavsumda u madridliklar safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi.

Manba: CA


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.