Rasman: “Real” futbolchisi faoliyatini “Arsenal”da davom ettiradi

 Dani Sebalos yana London klubida to'p tepadi.

“Arsenal” “Real”dan Dani Sebalosni yana bir mavsumga ijaraga olganini elon qildi. Avvalroq “Arsenal” futbolchining butun maoshini to'lashi xabar qilingandi. Dani o'tgan mavsumni ham “to'pchilar” safida o'tkazgan edi. U “Arsenal” safida 37 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berishga erishdi. SHartnomasi yakuniga etgach “Real” ixtiyoriga qaytgandi.

Transfermarkt portali 24 yoshli futbolchining transferini 32 mln evroga baholamoqda.

Manba: CA


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.