Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

Messi-Ronaldu: kim kuchli? Fristayl ustalaridan fantastik (+ video)


Futbol fristayl sanati bilan shug'ullanuvchi The F2 Freestylers guruhi futbol olamidagi eng mashhur bahs Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan qaysi biri kuchli degan savolga yana bir marta javob izlab ko'rishdi.

Video lavha: скачать
#HD Sifatli (48.64 mb.)

Video lavha: скачать
#HD 320x240 (19.24 mb.)


Albatta, bu bahs munozaralar yangilik emas, uni istalgan futbol muxlislari o'rtasida ko'rishingiz mumkin, biroq fristayl ustalari bu ishni butunlay o'zgacha ko'rinishda ifodalab berishgan. The F2 Freestylers guruhi ikki mashhur akrobatlari Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning statistikalarini to'plab chiqqan holda ularni o'zaro taqqoslagan va o'ziga xos futbol fristayl usuli bilan chiroyli tryuklar bajarishgan.

Taqqoslashda futbolchilarning barcha ko'rsatkichlari, to'p bilan muomala qilish, dribling, gollar, golli paslar, sariq kartochkalar, yutuqlar va boshqa bir qator ko'rsatkichlar joy olgan.

Quyida mazkur ajoyib videorolik bilan tanishib olishingiz mumkin bo'ladi. Eslatma, mazkur video The F2 Freestylers kanaliga kecha joylangan bo'lsada, uning suratga olish jarayoni oldinroq bo'lgan va bu paytda hali Krishtianu Ronaldu 5-marta "Oltin to'p"ini olmagandi. "Oltin to'p" borasidagi taqqoslarda shu boisdan ham Messida beshta, Ronalduda 4ta "Oltin to'p" borligi eslatib o'tilgan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Video lavha, Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Liverpul"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushib 2 ta golga mualliflik qildi va uning gollari evaziga "Real" 13-kubokni qo'lga kiritdi.