Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


"Real Madrid" himoyachi Ashraf Xakimini "Borussiya" (Dortmund)dan ortga qaytarmoqchi.

Xakimi ijara asosida "Borussiya"da o'ynaydi. Xakimi Madrid klubiga agar doimiy o'yin amaliyoti taklif qilinsagina qaytishga tayyor.

SHu sababdan "Real Madrid" himoyachi Alvaro Odriosolani sotmoqchi. Futbolchi ayni damda ijara asosida "Bavariya"da o'ynamoqda.

Zinedin Zidan "Real Madrid"da qoladigan bo'lsa, shu yo'nalishda ish boradi. "Real Madrid"ning muammosi shundaki, Odriosolaga 40 million evro sarflaydigan klub topish qiyin, "qirollik klubi" aynan shuncha mablag' evaziga 2018 yilda uni o'z tarkibiga qo'shib olgandi.

Xakimi joriy mavsum Bundesligada 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 10ta assist qayd etdi. Odriosola esa bir bor "Bavariya" tarkibida maydonga tushdi.

Manba: www.championat.asia




Muallif: Murod Obidovich |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.