Xavotirga o‘rin yo‘q. “Barsa” va "MYU" chaqirgan yulduz baribir Madridga keladi!


“Real” rahbariyati “Barselona” va “Manchester Yunayted”dan jiddiy taklif olgan Erling Xoland baribir Madridga kelishiga qattiq ishonmoqda.

Madridliklar agar Kilian Mbappeni olishning imkoni bo‘lmasa, aynan Xoland kelishini istamoqda. Bu ikki futbolchida biri “Qirollik klubi”da Krishtianu Ronaldu dajarasiga ko‘tarilishiga ishonch bildirilyapti.

Bundan tashqari, madridliklar Xolandni 75 million evroga sotib olish haqidagi band 2022 yilning yozida kuchga kirishini ta’kidlab, ungacha “Borussiya” hujumchi uchun katta miqdorda kompensatsiyasi talab qilishini ochiqladi.

O‘z navbatida, “Barselona” prezidentligiga nomzodlarning aksariyati saylovda ko‘proq ovoz olish uchun Xolandni Kataloniyaga olib kelishini va bu borada hujumchining agenti Mino Rayola bilan kelishuvga erishganini aytgani haqida xabarlar ko‘p tarqatilmoqda. Biroq, Rayola bularning barini rad etdi.

Xolandga La Liga grandlaridan tashqari, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti” va PSJ ham jiddiy da’vogarlik qilyapti.

Manba: www.sport.es


6 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.