Ramos "Real" bilan yangi shartnoma imzolash uchun qo‘shimcha bonus so‘ramoqda


Serxio Ramos va "Qirollik klubi" rahbariyati yangi shartnomaning moliyaviy tomoni borasida kelisha olishmayapti.

"AVS" nashri xabar tarqatishicha, "Qirollik klubi" sardori jamoa bilan 2023 yilgacha bo‘lgan shartnoma imzolamoqchi.

Serxioning hozirgi shartnomasi bo‘yicha yillik maoshi 12 million yevroga teng. Ammo mavsum davomida Ramos ikki marta maoshining 10 foizdan kamaytirilishiga rozi bo‘ldi. Bundan tashqari, ispaniyalik himoyachi La ligadagi g‘oliblik uchun berilishi ko‘zda tutilgan mukofot pulidan voz kechdi.

Ramos yangi shartnoma orqali "Real"dan 2 million yevro miqdorida bonus olishni istamoqda. Agar futbolchi bir mavsum davomida 30ta rasmiy o‘yinda ishtirok etsa, klub bir million yevrodan to‘lab berishi kerak bo‘ladi. Futbolchi shartnomaga ushbu bandni kiritish orqali avval yo‘qotgan mablag‘larini kompensasiya qilib olmoqchi.

Serxio Ramosning amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘ngida yakuniga yetadi. Himoyachi mazkur mavsumda La liga doirasida 13ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urdi.

Manba: www.stadion.uz


1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.