Eshitdik-da. Gvardiolaga Eden Azar kerak


"Real Madrid" yarim himoyachisi Eden Azarga "Manchester Siti" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Express" — nashri berayotgan xabariga ko‘ra, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ushbu transfer tashabbuskori hisoblanadi. U o‘z jamoasida Azar va Kevin De Bryuynedan iborat juftlikni ko‘rishni istamoqda.

"Real Madrid" esa belgiyalik futbolchini sotmoqchi emas. Ammo madridliklar Erling Xoland, Eduard Kamaving va Kilian Mbappeni xarid qilish yo‘lida Azarni sotishlari mumkin.

Azar joriy mavsumda 7ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.

Manba: www.std.uz


5 1
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.