Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


"Real Madrid" yarim himoyachisi Garet Beyl faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Marca - nashri xabariga ko'ra, Beylning transferini "Nyukasl"ning yangi egalari xohlamoqda. Biroq, muzokaralar hali boshlanmagan.

"Nyukasl" rejasiga ko'ra, rahbariyat yangi jamoani qurish niyatida juda katta maosh evaziga 2-3 o'yinchini klubga jalb qilmoqchi. SHu tufayli Beyl "Real Madrid"dagi maoshi bilan taqqoslanadigan darajadagi taklifni qo'lga kiritishi mumkin (yiliga taxminan 17 million evro).

"Real Madrid" Beylni sotishga qarshi chiqmaydi va transfer summasi 20 million evrodan ziyod bo'lishi ehtimoldan yiroq, chunki uelslikning ketishi klubga moliyaviy tarafdan o'zini tiklab olishiga yo'l ochadi.

Beylning "Real Madrid" bilan tuzilgan hozirgi shartnomasi 2022 yil iyuniga qadar amal qiladi.

Garet Beyl ushbu mavsumda "Real Madrid" uchun La Ligada 14 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma qayd etgan.

Manba: CA




Muallif: Murod Obidovich |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.