Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


"Real Madrid" yarim himoyachisi Xames Rodriges klubdan ketadi va bu oydinlashib ulgurdi.

Xames deyarli "Atletiko" futbolchisi

Jurnalist Xaver Ernandes Bonettaning xabariga ko'ra, "Atletiko" 28 yoshli kolumbiyalik uchun kurashda yetakchilik qilmoqda.

Tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichidalar, Xamesning "Atletiko"ga o'tishi 80%ga hal bo'lgan.

Kolumbiyalik futbolchining "Real Madrid" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Oldinroq, "Atletiko"ning Xames uchun 25 million evro to'lashga tayyorligi aytilgandi.

Xames joriy mavsum "Real Madrid" safida barcha musobaqalarda 13ta o'yin (8tasi asosiyda)da maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi. Xavbek o'zining La Ligadagi so'nggi o'yinini 19 oktyabrda o'tkazgan.

Manba: www.as.com




Muallif: Murod Obidovich |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.