Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


Madridning "Real" klubi hujumchisi Garet Beyl "Nyukasl"ga o'tishni istamayapti, deb xabar qildi AFP.

Beyl "Nyukasl"ning taklifiga qiziqmaydi. APL klubi unga "Real" darajasida maosh to'lamoqchi

Avvalroq ingliz klubi yangi investorlar qo'liga o'tgach Garet Beyl xarid qilinishi haqida yangiliklar tarqalgandi. OAVdagi xabarlarga ko'ra, "Nyukasl" uelslik futbolchi uchun "Real Madrid"ga 60 million evro, futbolchining o'ziga esa Madrid klubi darajasiga maosh to'lashga tayyor.

Beyl joriy mavsum "Real Madrid" tarkibida 18 o'yin o'tkazdi va o'z hisobiga 3 gol, 2ta samarali uzatmani yozdirib qo'ydi. Uning "Qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyul oyiga qadar mo'ljallangan.

Manba: CA




Muallif: Murod Obidovich |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.