Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


Ispaniya qirolligi Futbol Federatsiyasi (RFEF) va La Liga rahbariyati koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirilgan o‘yinlarni o‘tkazish rejasini kelishib olishdi.

"AS" - nashri xabariga ko'ra, mavsum iyun oyidan davom ettiriladi, o'yinlar esa haftaning har kuni o'tkaziladi. Bunda bir klubning o'yinlari orasidagi vaqt kamida 72 soatni tashkil qilishi kerak.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli 10 martdan beri o'tkazilmayapti.

Ma'lumot uchun, klublar 27ta tur o'yinlarida ishtirok etishgan. Jadvalda 58 ochko to'plagan "Barselona" peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, undan 2 ochko ortda borayotgan "Real Madrid" ikkinchi bo'lib turibdi.

Manba: www.as.com




Muallif: Murod Obidovich |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.