Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


"Tottenhem" bosh murabbiyi Joze Mourinyo 2010 yilda "Inter"dan "Real Madrid" boshqaruviga yo'l olganini yodga oldi.

Mutaxassis "Barselona"ga qarshi kechgan Chempionlar Ligasi 1/2 final javob bahsidan keyin Milanni tark etish qaroriga kelgan.

"Barselona"ga qarshi javob o'yinidan keyin qaror qabul qildim, sababi Chempionlar Ligasida g'olib chiqish arafasida ekanimizni bilgandim. Buni Morattiga aytgandim. O'yindan so'ng u bilan quchoqlashdik, u ketishga va baxtli bo'lishga haqqim borligi aytdi. Biroq men Milanda Madriddagidan baxtli edim", — deydi Mourinyo.

Ayrim xabarlarda Joze Chempionlar Ligasi finalidan avval "Real Madrid" bilan shartnoma imzolab qo'ygani haqida aytiladi, biroq portugaliyalik mutaxassis ularni inkor etdi.

"Agar finaldan so'ng ismimni aytib kuylayotgan muxlislar bilan Milanga qaytganimda, balki, u yerdan hech qachon keta olmasmidim...

Men Madridga ketishni istadim. Ular bir yil avval meni chaqirishgandi, Morattiga bu haqida aytganman, biroq u meni qolishga ko'ndirgandi. "CHelsi"ni boshqarayotgan paytimda ham "Real Madrid" taklifini rad etganman, ammo madridliklarga uchinchi marta "yo'q" deb bo'lmaydi", — deya qo'shimcha qildi Joze.


Mourinyo 2009/10 yilgi mavsumda "Inter" bilan A Seriya, Italiya Kubogi va Chempionlar Ligasi g'olibligini qo'lga kiritgan holda "trebl" qayd etadi.

Mavsum yakunlangach u "Real Madrid boshqaruviga tayinlanadi. 2013 yilga qadar ispan grandini boshqargan Mourinyo La Liga, Ispaniya Kubogi va Superkubogida zafar quchgan.

Manba: STD




Muallif: Murod Obidovich |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.