Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


Italiyalik mashhur murabbiy Karlo Anchelotti 2013 yildan 2015 yilgacha "Real Madrid"ni boshqargan davrlarni yodga oldi.

Anchelotti: "Murabbiy sifatida bir marta bo'lsa ham "Real"ni boshqarishingiz kerak"

"Siz murabbiy sifatida hech bo'lmasa bir marta "Real Madrid"ni boshqarishingiz kerak deb hisoblayman. Men u yerda ikki yilni o'tkazdim va bu esdan chiqmas tajriba bo'lgan. CHunki, men "Real Madrid"ni dunyodagi eng yaxshi imidjga ega klub deb o'ylayman.

Men jamoaga kelganimda bir qancha muammolar bor edi. CHempionlar ligasida g'olib bo'lish - "Real"dagi asosiy g'oya. Biz birinchi mavsumdayoq uni qo'lga kiritganmiz".


Shuningdek intervyu davomida Karlo Anchelotti sobiq shogirdi Krishtianu Ronaldu bilan faoliyati haqida ham to'xtalib o'tdi.

Anchelotti: "Murabbiy sifatida bir marta bo'lsa ham "Real"ni boshqarishingiz kerak"

"Ronalduning atrofida o'yinni qurib bo'lmaydi. Zidanga aytganimdek, Krishtianu o'yin davomida qulay sharoitlar yaratishi kerak. Uni qandaydir taktika yoki himoyaviy nuqtai nazarda o'ynatish kerak demoqchi emasman.

Albatta, jamoa bir organizm kabi ishlashi kerak, Ronaldu kabi hujumchilar har bir o'yinda gol urishi lozim. Unga himoya haqida ko'p ham gapirmaslikni tavsiya qilaman. Bunday fantastik futbolchiga erkinlik kerak xolos.

Serxio Ramosda ham fantastik sifatlar bor. Uning eng yaxshi sifati taktika ham texnika ham emas - xarakter. U istalgan futbolchisini ruhlantira oladi. Ramos ham faoliyatida "Real"ni ko'p bora qutqargan davrlari bo'lgan", - dedi Anchelotti.


Manba: CA




Muallif: Murod Obidovich |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.