-

Alaba "Real"ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanmoqchi

"Bavariya" himoyachisi David Alaba "Real" rahbariyatiga yangi talab qo‘ydi.

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra, 28 yoshli avstriyalik futbolchi “qirollik klubi”ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi bo‘lmoqchi. Ya’ni u yiliga 13 million evro maosh so‘ramoqda.

Ma’lumot uchun, “Real”ning ayni damdagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchisi Serxio Ramos hisoblanadi. 34 yoshli himoyachining yillik maoshi 12 million evroni tashkil etadi.

Alaba mavsum yakunlangach erkin agentga aylanadi va shu sababli u yozda “Real”ga tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Manba: www.sport.es


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.