Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


Ijara asosida "Real Sosedad"da o'ynayotgan "Real Madrid" yarim himoyachisi Martin Edegorga kelasi mavsumda "qaymoqranglilar"da imkoniyat taqdim etiladi.

21 yoshli norvegiyalik futbolchi "Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning rejalariga kiradi. U yozda ijaradan ortga qaytariladi va bosh jamoada o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat beriladi.

"Real Madrid" inqiroz tufayli yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar fonida Edegorga jamoani kuchaytira oladigan o'yinchi sifatida qaramoqda.

Edegorning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, norvegiyalik futbolchi Madrid jamoasida 2015 yilda debyut qilgan. O'shanda u 16 yosh 157 kunlik edi va Martin "Real Madrid" tarixida debyut qilgan eng yosh o'yinchi bo'lgandi.

Manba: CA




Muallif: Murod Obidovich |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.