Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


Mavsumni “Real Sosedad” tarkibida ijarada o‘tkazayotgan “Real Madrid” yarim himoyachisi Martin Edegor yangi mavsumni Madrid klubida o‘tkazadi.

"AS" - nashri berayotgan xabariga ko‘ra, 21 yoshli norvegiyalik futbolchi “qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidanning rejalariga kiradi. Frantsiyalik mutaxassis Edegorga yana bir bor imkon bermoqchi. Ayniqsa, koronavirus tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz paytida Martin jamoa o‘yinini kuchaytira oladigan futbolchi sifatida qaralmoqda.

Bundan avvalroq, Edegor “Real Madrid”ga faqatgina bitta shart bilan, ya’ni Luka Modrich jamoadan ketgan taqdirdagina qaytishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Edegor “Real Madrid”ga 2015 yilda ko‘chib o‘tgan. U o‘shanda endigina 16 yoshda edi. Martin jamoa tarixida debyut qilgan eng yosh futbolchi hisoblanadi.

Manba: www.as.com




Muallif: Murod Obidovich |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.